» » Forbes eng ko‘p haq to‘lanadigan aktyorlar reytingini e’lon qildi. Unda Duayn Jonson yetakchilik qilmoqda

Forbes eng ko‘p haq to‘lanadigan aktyorlar reytingini e’lon qildi. Unda Duayn Jonson yetakchilik qilmoqda


Forbes jurnali eng ko‘p daromad olgan aktyorlar reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mazkur ro‘yxatda 2019-yildagi singari amerikalik aktyor, prodyusser va restler Dueyn Jonson yetakchilik qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, aktyorning mazkur yilda 87,5 million dollar deb baholangan daromadi, 2019-yil bilan solishtirilganda 1,9 millionga kam. Uning reytingda yetakchi bo‘lishiga asosan “Qizil xabar” seriali uchun qo‘lga kiritgan 23,5 million dollar gonorari va Under Armour sport liboslari brendi bilan tuzgan shartnomasi sabab bo‘lgan.

Shuningdek, kanadalik aktyor Rayan Reynolds reytingda ikkinchi o‘rinni olishga muvaffaq bo‘lgan. Uning daromadi 71,5 million dollarni tashkil qiladi. Amerikalik aktyor Mark Uolberg esa 58 million dollar bilan uchinchilikni egallagan.

Bundan tashqari, 55 million dollar bilan Ben Afflek to‘rtinchi, undan 1 million kam daromad topgan Vin Dizel esa beshinchi o‘ringa loyiq topilgan. Reytingda Bollivud yulduzini ham uchratish mumkin, daromadi 48,5 million deb baholangan Akshay Kumar oltinchi, amerikalik aktyor Lin-Manuel Miranda esa 45,5 million dollar bilan yettinchi o‘rinni egallagan.

Qolaversa, 44,5 million topgan Uill Smit sakkizinchi deb topilgan bo‘lsa, 41 million daromadga ega bo‘lgan Adam Sendler to‘qqizinchi bo‘lgan. 40 million dollar haq to‘langan Jeki Chan ro‘yxat o‘ntaligiga yakun yasagan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют