» » U Putin aytganidek umidliga oxshamayapti. Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasining hujjatlardagi asl holati oshkor boldi

U Putin aytganidek umidliga oxshamayapti. Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasining hujjatlardagi asl holati oshkor boldi


Rossiyaning Fontanka nashri Gamaley markazining SARS-CoV-2 koronavirus vaksinasi togrisidagi hisoboti bilan tanishib chiqdi. Gazetada qayd etilishicha, u Vladimir Putin va Sogliqni saqlash vaziri Mixail Murashko aytganidek umidli korinmayapti.

11-avgust kuni royxatga olingan vaksinaning epidemiologik samaradorligi organilmagan. Tadqiqot davomida vaksina sinab korilgan 38 nafar kongillida 144 ta nojoya tasir kuzatilgan.

Shifokorlar mijozlarga vaksinani sinab korayotgan paytda qollarida shokka qarshi uskuna ushlab turishlari shart. Bu haqda esa Rossiya prezidenti Gam-Kovid-Vak taqdimotidan oldin xabardor qilinmagan.

Gam-Covid-Vakni royxatdan otkazish uchun taqdim etilgan Gamaleya markazining hujjatlarida, vaksina faqat favqulodda holatlarda ishlatiladigan dorilarni royxatdan otkazish tartibidan otganligi aytilgan. Gam-Covid-Vakni qollash faqat aholini vaksinoprofilaktikalash huquqiga ega bolgan tibbiy tashkilotlar sharoitidagina mumkin.

Cheklovlar juda tez va juda keng bolmagan tadqiqotlar bilan boliq. Immunologik xususiyatlari va xavfsizligi faqat orta yoshdagi 38 nafar soglom kishilarda organilgan xolos.

Gamaleya markazi hisobotlarida keltirilishicha, preparat bilan emlash kongillilarning 100 foizida infeksiyaga qarshi antigen-spetsifik hujayraviy immunitetning shakllanishiga olib kelgan. Ammo 42 kungina olib borilgan tadqiqot ishlab chiquvchiga chuqur xulosalar chiqarishga imkon bermagan.

Aftidan bu emlash boshlanganidan 42-kun otgach barcha kongillilarning zardobida virusni neytrallashtiruvchi ortacha titri 49,3 bolgan antitanalar deaktivatsiyalashgani bilan bogliq bolishi mumkin.

Rossiya sogliqni saqlash vazirligi Gam-Covid-Vakdan keyin immunitet ikki yil davomida saqlanib qolishi mumkinligini aytgandi. Sechenov nomidagi universitet patafiziologiya professori, tibbiyot fanlar doktori Anton Ershovning takidlashicha, bu gipotezani tasdiqlovchi dalillar yoq.

Gamaleya markazining preparatning xavfsizligi, bardoshliligi va immunogenligi borasida ochiq klinik organishlar asosida tuzilgan hujjatlari yangi vaksinaning tashqi belgilar namoyon qilmasligi va nojoya tasirlari yoqligi haqidagi tezisni tasdiqlay olmaydi.

Mutaxassislarning takidlashicha, nomaqul hodisalarni sodir bolishi darajasiga kora tez va juda tez deb baholash mumkin.

38 nafar kongillida 144 ta nojoya tasirlar qayd etilgan. Ularning kopchiligi asoratsiz otgan. Ammo tadqiqotning 42-kuniga kelib, 31 ta nojoya tasir bartaraf qilinmagan, 27 ta nojoya tasirning qanday yakunlangani mutaxassislarga haligacha nomalum.

Vaksinatsiyadan keyin kongillilarning preparat kiritilgan joyida shish, ogriq, gipertermiya va qichima kuzatilgan. Umumiy asoratlar sifatida asteniya, kongil aynishi, pireksiya, haroratning kotarilishi, ishtahaning pasayishi, bosh ogrigi, tomoq ogrigi, diareya, burun bitishi, tomoq qichishi va rinoreya qayd etilgan.

Tibbiyot hujjatlaridan kelib chiqilsa, vaksinani qollash 18-60 yosh chekloviga ega. Bu ham tadqiqotlarning qisqa otkazilgani bilan bogliq. Bolalar va keksalarga preparatni qollash mumkin emas.

Shuningdek, homilador va emizikli ayollarga ham uni qollash taqiqlangan, chunki uning samarasi va xavfsizligi organilmagan. Bundan tashqari, vaksinaning boshqa dorilar bilan ozaro tasiri va uning transport vositasini boshqarish qobiliyatiga qanday tasiri korsatishi ham organilmagan.

Eslatib otamiz,Farmatsevtika kompaniyalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini birlashtirgan Klinik tadqiqotlar tashkilotlari assotsiatsiyasi Rossiya Sogliqni saqlash vazirligini Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazida ishlab chiqilgan vaksinani royxatdan otkazishni kechiktirishgachaqirgandi.

Assotsiatsiya vaksina yaratuvchilari uning sinovlarini hatto yuzlab odamlar ishtirokida ham yakunlamagani, bundan tashqari vaksina asosida sinovlari hali ham davom etayotgan MERSga qarshi boshqa vaksina borligini bildirgan va shu sababli uning samaradorligi togrisida xulosa berishga hali asos yoq deb topgan.

Rossiya Sogliqni saqlash vazirligining shtatdan tashqari bosh epidemiologi Nikolay Briko unga javobanGamaleya markazining vaksinasi yoq joydan paydo bolib qolmagani, markaz Ebola va MERSga qarshi vaksinalar ishlab chiqib, ushbu sohada 10 yildan ortiq vaqt davomida ish olib borayotganini bildirgan.

Roszdravnadzordan bolgan Sergey Glagolev oz navbatida AQSh va Yevropa Ittifoqida preparatlar klinik sinovlarning dastlabki bosqichlarida royxatdan otkazilishini aytgan.

11-avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu vaksina royxatga olinganini va qizlaridan biri emlanganinimalum qildi. Uning sozlariga kora, birinchi emlanishdan song qizining tana harorati 38 darajagacha kotarilgan, ertasi kuni esa 37 darajagacha tushgan. Ikkinchi muolajadan song tana harorati yana biroz kotarilib, keyin tushdi. Ozini yaxshi his qilyapti, deb aytgan va ushbu vaksina samarali ekanligini takidlagan.

Putin Rossiyada vaksinani ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etilishiga umid qilmoqda.

Mavzuga doir:Qozogiston klinik sinovlarning barcha bosqichlari yakunlanmaguncha COVID-19 vaksinasini sotib olmoqchi emas



Manba: Daryo.uz
: admin (12-08-2020, 17:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
:
-
:
20 ... -