» » Okeanga oqqan “qora oltin”: Mavrikiyda yuz bergan ekologik falokat (foto)

Okeanga oqqan “qora oltin”: Mavrikiyda yuz bergan ekologik falokat (foto)


Mavrikiy hukumati orol qirg‘oqlariga yoyilgan neft tufayli favqulodda ekologik vaziyat e’lon qilgan. Yonilg‘i quruq yuk tashlaydigan MV Wakashio kemasidan sizib chiqqan. Jamoa darhol evakuatsiya qilingan.

Suvga tonnalab neft mahsuloti oqqan. Asosiy daromadi turizmdan bo‘lgan aholi uchun bu haqiqiy fojia. Ko‘plab sayyohlar ayni maskanga o‘ziga xos tabiati va korall riflari tufayli tashrif buyuradi. Ekologlar minglab hayvonlarning nobud bo‘lishi, turizmga berilgan zarba esa orol iqtisodiyoti uchun jiddiy sinov bo‘lishidan ogohlantirdi. Mavrikiy hukumati bunday vaziyatlarda qanday yo‘l tutishni bilmasliklarini tan olib Fransiyaga murojaat qilgan. Rasmiy Parij bu borada yordam qo‘lini cho‘zadi.

MV Wakashio kemasi Yaponiya kompaniyasiga tegishli bo‘lsa-da, Panama bayrog‘i ostida harakatlangan. Kemada 4 ming tonnaga yaqin yonilg‘i bo‘lgan.

Reuters agentligi mazkur ekologik fojianing ko‘lamini aks ettiruvchi suratlarni tarmoqqa joyladi.

Mavzuga doir: Xirosima va Nagasaki: 75 yillik dahshat ko‘lami suratlarda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют