» » Olmazor tumanida 3 ta transport vositasini urib qochgan mast haydovchi ushlandi

Olmazor tumanida 3 ta transport vositasini urib qochgan mast haydovchi ushlandi


Toshkent shahar Olmazor tumanida 3 ta avtomobilni urib, voqea joyidan yashiringan haydovchi qo‘lga olindi. Bu haqda shahar YXHBB xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Olmazor tumanida hududida 3 ta joyda YTH sodir qilgan Nissan avtomobili qidiruvga berilgan. Tezkor tadbirlar natijasida avtoulov topilgan.

Haydovchining spirtli ichimliklar ichganligini aniqlash uchun ekspertizaga olib kelingan va Nissan haydovchisida mastlik holati aniqlangan.

Qayd etilishicha, Nissan avtomobili tegishli tartibda jarima maydonchasiga yuborilgan. Haydovchiga esa ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Avvalroq Qamchiq dovonida haydovchining hushyorlikni yo‘qotishi oqibatida Cobalt yo‘ldan chiqib ketgani, Buxoroda nosoz “Moskvich” ariqqa tushib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgani va Jizzaxda Lada Largus hamda Isuzu yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘lishi oqibatida ikki nafar yo‘lovchi vafot etgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют