» » Toshkent shahridagi yettita tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘zgardi

Toshkent shahridagi yettita tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘zgardi


Toshkent shahridagi Shayxontohur, Bektemir, Mirzo Ulug‘bek, Yakkasaroy, Olmazor, Uchtepa va Sergeli tuman tibbiyot birlashmalari (TTB)ga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Yangi rahbarlarga o‘z hududlarida, avvalo, tibbiy profilaktika ishlari bilan jiddiy shug‘ullanish, oilaviy poliklinikalar ish samaradorligini oshirish, aholini koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish ko‘rsatkichini kamaytirish va jilovlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rish, tashkil etilgan mobil brigadalar va COVID-19’ga ixtisoslashgan poliklinikalar faoliyatini tubdan takomillashtirish vazifasi yuklatildi.

Shuningdek, ular kasallikda gumon qilingan fuqarolarni o‘z vaqtida ro‘yxatga olish va davolashni tashkil qilish, kasallanganlar bilan birlamchi muloqotda bo‘lib, karantinga olingan shaxslarni va ularning oila a’zolarini muntazam tibbiy nazorat qilib borish, 103 tez tibbiy xizmat bilan oilaviy poliklinikalar o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash kabi qator dolzarb vazifalarni bajarishi ham kerak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют