» » O‘zbekistonda 12-avgust kuni 671 kishida koronavirus aniqlandi. 1569 kishi kasallikdan sog‘ayib, rekord o‘rnatildi

O‘zbekistonda 12-avgust kuni 671 kishida koronavirus aniqlandi. 1569 kishi kasallikdan sog‘ayib, rekord o‘rnatildi


O‘zbekistonda 11-avgust soat 23:30 dan 12-avgust soat 23:30 gacha koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 671 ta holat qayd etildi. Bu 27-iyuldan beri eng kam kasallik aniqlangan kun bo‘ldi. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 32654 nafarga yetdi.

Yangi kasallangan 671 kishining barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:

Kun davomida 8 ta hududda koronavirus yuqtirib olish holati qayd etildi.

Toshkent shahrida 425 kishida koronavirus aniqlandi. Avgust oyining ortda qolgan 12 kuni ichida Toshkentda eng kam kasallik aniqlangan kunda (2-avgust) 325 kishida, eng ko‘p kasallik aniqlangan kunda (9-avgust) 509 kishida COVID-19 qayd etildi. 1—12-avgust oralig‘ida poytaxtda (karantin zonasida aniqlangan holatlarni hisobga olmasa) 5093 ta yangi holat aniqlandi. Epidemiya boshlangandan buyon hech qaysi hududda buncha kasallik aniqlanmagan. Poytaxtda koronavirusga chalinganlar soni 19689 nafarga yetdi. Bu O‘zbekiston bo‘yicha kasallanish holatlarining 60,3 foiziga tengdir.

Toshkent viloyatida 142 kishida COVID-19 aniqlandi. Viloyatda 23-iyuldan boshlab har kuni kasallikka chalinish holatlari qayd etilmoqda, 26-iyuldan beri esa har kuni koronavirusga chalinganlar soni 100 nafardan oshmoqda (ikki marta 200 tadan ham oshdi). Avgust oyining 12 kuni ichida Toshkent viloyatida (karantin zonasida aniqlangan holatlarni hisobga olmasa) 2002 kishida koronavirus aniqlandi. Viloyatda koronavirusga chalinganlar soni 4812 nafarga yetgan, bu butun O‘zbekistondagi kasallanish holatlarining 14,75 foiziga tengdir.

O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 32654 ta holatning 75 foizi, yoki har 4 kishidan 3 nafari Toshkent shahri va viloyatida ro‘yxatga olingan.

SSV Toshkent shahrida 5 nafar bemor vafot etganini xabar qildi. Avgust oyida 8 va 12-avgustdan boshqa barcha kunlarda SSV 6 nafardan bemor vafot etayotgani haqida axborot berdi.

Birinchi o‘lim. Chilonzor tumanida yashagan 61 yoshli Sh.A. ismli ayol vafot etgan.

Ikkinchi o‘lim. Yashnobod tumanida yashagan 55 yoshli B.A. ismli erkak vafot etgan.

Uchinchi o‘lim. Shayxontohur tumanida yashagan 84 yoshli A.A. ismli erkak vafot etgan.

To‘rtinchi o‘lim. Mirobod tumanida yashagan 67 yoshli E.P. ismli erkak vafot etgan.

Beshinchi o‘lim. Shayxontohur tumanida yashagan 60 yoshli M.M. ismli erkak vafot etgan.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 211 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 220 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov 58 yoshida vafot etganini xabar berildi. Biroq ushbu to‘qqiz holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 6 784 nafar bemordan 1 375 nafari og‘ir, 410 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

12-avgust kuni 1569 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Bu yangi rekord hisoblanadi. Avvalgi rekord 2-avgust kuni o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda bir kunda 1208 nafar bemor kasallikdan tuzalgandi. 12-avgustda Toshkentning o‘zida 1200 dan ortiq odam sog‘aydi.

Yangi tuzalganlarning

Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga aniqlik kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 32 654 nafar bemordan 25 659 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 78 foizni tashkil etmoqda. Oxirgi marta 60 kun oldin — 13-iyun kuni davolanish ko‘rsatkichi 78 foiz bo‘lgandi. Shundan so‘ng bu ko‘rsatkich faqat pastlab, 21-23-iyul kunlari 53 foizgacha tushib ketgandi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют