» » Bobomurod Abdullayev O‘zbekiston so‘roviga ko‘ra Bishkekda hibsga olindi

Bobomurod Abdullayev O‘zbekiston so‘roviga ko‘ra Bishkekda hibsga olindi


Jurnalist Bobomurod Abdullayev Bishkekda O‘zbekiston tomonining so‘roviga ko‘ra 1993-yil 2-yanvarda imzolangan “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida”gi Minsk konvensiyasiga muvofiq hibsga olingan. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi xabar qildi.

Qirg‘izistonning “24.kg” nashri 10-avgust, dushanba kuni jurnalistning qo‘lga olingani haqida xabar qilgan va Abdullayev Qirg‘iziston davlat xavfsizlik qo‘mitasi tomonidan 8-avgustda hibsga olingani haqida ma’lumot bergandi.

“Hozirda uni O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilish masalasi hal qilinmoqda”, — deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.

“24.kg”ning aniqlik kiritishicha, Bishkekdagi Pervomaysk tuman sudi 10-avgustda Abdullayevni 8-sentabrgacha qamoqda saqlash yuzasidan qaror qabul qilgan.

Jurnalistning O‘zbekistonda qanday jinoyat yoki huquqbuzarlikni amalga oshirgani borasida ma’lumotlar mavjud emas.

11-avgustda Nyu-Yorkdagi Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi (CPJ) Qirg‘iziston hukumatiga Bobomurod Abdullayevni ozod qilish va uning erkin ishlashiga shaorit yaratish yuzasidan murojaat yo‘llagan.

Abdullayevning advokati Timur Karabayev CPJ vakillariga jurnalistning Qirg‘izistonga to‘rt oy avval, fevralda Markaziy Osiyodagi AQSh universitetida o‘qish uchun kelgani va COVID-19 koronavirus pandemiyasi oqibatida chegaralar yopilgani tufayli mamlakatda qolib ketganini aytgan.

Amnesty International Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro birlashmasi (IPHR), Freedom House va yana boshqa huquq himoyachilari tashkilotlari Qirg‘iziston hukumatiga Bobomurod Abdullayevni ekstraditsiya qilmaslik yuzasidan qo‘shma bayonot yuborgan.

2017-yilda Bobomurod Abdullayev va yana uch kishi O‘zbekiston konstitutsiyaviy tuzumini ag‘darib tashlash maqsadida fitna uyushtirish jinoyatida gumon qilinib, qamoqqa olingan. 2018-yil may oyida sud jurnalistga nisbatan oylik ish haqining 20 foizini ushlab qolish sharti bilan uch yillik axloq tuzatish ishlariga jalb qilish haqida hukm chiqargan, Bobomurod Abdullayev 221 kun hibsda tutib turilgani inobatga olinib, bu muhlat hisobdan chiqarib tashlangan. Abdullayev bir yildan ko‘proq axloq tuzatish ishlari bilan band bo‘lishi belgilangandi. Qolganlar: Nasriddinov, Olloyorov va Salayev to‘liq oqlangan, sud ularga nisbatan jinoiy ishning to‘xtatilishini belgilagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют