» » Qibrayda o‘ligi chamadon ichidan topilgan fuqaroni o‘ldirganlikda gumonlanib qo‘lga olinganlardan biri RShTYoIM rahbar xodimi ekanligi ma’lum bo‘ldi

Qibrayda o‘ligi chamadon ichidan topilgan fuqaroni o‘ldirganlikda gumonlanib qo‘lga olinganlardan biri RShTYoIM rahbar xodimi ekanligi ma’lum bo‘ldi


Toshkent viloyati Qibray tumanida sayohat chamadonidan murda topilgani, jasad 1968-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, poytaxtning Yakkasaroy tumanida istiqomat qilib kelgan Sh.Ochilov bo‘lib chiqqani, marhum ilgari O‘zbekiston Oliy sudida ta’minotchi vazifasida ishlagani haqida xabar berilgandi. Bosh prokuratura holat bo‘yicha ikki kishi gumonlanib hibs olinganini ma’lum qildi.

Tergov davomida 2 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 97, 169 (o‘g‘rilik), 227 (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) va 241-moddalari (jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish) bilan ayb e’lon qilinib, ularga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

“Gazeta.uz”ning idora matbuot xizmatiga tayanib yozishicha, 7-avgust kuni ertalab marhum uyidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazidagi (RShTYoIM) tanishi R.X.ning oldiga chiqib ketgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, R.X. 2009-yildan buyon RShTYoIMda rahbar lavozimida ishlab keladi. Tergov davomida qotillik sodir etilishiga Ochilov tomonidan uning oilasi va farzandlariga qilgan tahdidi, o‘ziga nisbatan yaxshi munosabat talab qilgan, shuningdek, Ochilov bilan munosabatda bo‘lgan markaz xodimasiga bo‘lgan rashki sabab sifatida ko‘rib chiqilmoqda.

“7-avgust kuni, taxminan, soat 09:05 da R.X. Sh.Ochilov qabulga kelganidan foydalanib, uni bo‘sh xonaga olib kirgan, tibbiyot kushetkasiga joylashtirigan va kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida uning boshiga to‘mtoq qattiq jism bilan urgan, shundan so‘ng bo‘g‘gan. Jinoyatni yashirish maqsadida u Sh.Ochilovning tanasini o‘zining yo‘l chamadoniga joylashtirgan va tanishi A.M. (toshkentlik, vaqtincha ishsiz) bilan uni Gentra avtomobili yukxonasiga ortib, soat 20:00 lar atrofida Qibray tumanidagi Bo‘zsuv kanaliga tashlab ketgan”, — deyiladi tergov ma’lumotlarida.

Bundan tashqari, Ochilovning qo‘l sumkasidan 660 ming so‘m va 230 dollar o‘g‘irlangan, uning pasporti yoqib yuborilgan, haydovchilik va xizmat guvohnomalari qaychilanib, kanalga tashlab yuborilgan.

Sud-tibbiyot ekspertizasining 8-avgustdagi xulosasiga ko‘ra, Ochilov bo‘yin organlari to‘mtoq buyum yordamida bosilishi oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya, yopiq bosh miya jarohati va boshqa jarohatlar oqibatida vafot etgan.

“Tergov davomida ayblanuvchi R.X.ning avtomobili yukxonasidan qon dog‘lari topildi. Yoqib yuborilgan pasport qoldiqlari Qibray tumanidagi “Fidokor” mahallasining chiqindixonasidan, daraxtlar orasidan esa ‘Yosin’ surati tushirilgan kitob va Ochilovning sumkasidagi erkaklar odekoloni topilgan. Bu kabi qon dog‘lari, shuningdek, travmatologiya bo‘linmasining 1-sonli kabineti poli va devorlarida ham aniqlangan. Ayblanuvchining xizmat xonasi va telefoni xotirasidan markaz xodimasi bilan birgalikda tushgan suratlari topilgan. A.M.ning kvartirasida o‘tkazilgan tintuv davomida qora futbolka, shim va oyoq kiyim daliliy ashyo sifatida olingan. Bularning barchasi jinoyat ishi materiallariga qo‘shib qo‘yilgan”, — deyiladi xabarda.

Ayblanuvchilar dastlabki tergov harakatlari davomida hibsga olingan. Sud-tibbiyot, sud-biologik, daktiloskopik va sud-kimyoviy ekspertizalar belgilangan. Tergovni Toshkent viloyati prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha bo‘limi olib bormoqda.

Mavzuga doir: Xotinini chavaqlab o‘ldirgan samarqandlik erkak lezviya bilan o‘z joniga qasd qildi. Tirik qolgan er qasddan odam o‘ldirishda ayblanmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют