» » Qibrayda chamadon ichidan o‘lik holda topilgan erkakni o‘ldirganlikda gumonlanib 2 kishi qamoqqa olindi

Qibrayda chamadon ichidan o‘lik holda topilgan erkakni o‘ldirganlikda gumonlanib 2 kishi qamoqqa olindi


Toshkent viloyati Qibray tumanida sayohat chamadonidan murda topilgani, jasad 1968-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, poytaxtning Yakkasaroy tumanida istiqomat qilib kelgan Sh.A. bo‘lib chiqqani, marhum ilgari O‘zbekiston Oliy sudida ta’minotchi vazifasida ishlagani haqida xabar berilgandi. Bosh prokuratura mazkur holat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 8-avgust kuni Qibray tumanida sayohat chamadonida erkak kishining murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov davomida 2 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 97, 169 (o‘g‘rilik), 227 (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) va 241-moddalari (jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish) bilan ayb e’lon qilinib, ularga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 97) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют