» » Qarshi shahar hokimi vafot etgan fuqaroga yer berdi. Marhumga 10 kunda hujjatlarni rasmiylashtirish vazifasini yukladi

Qarshi shahar hokimi vafot etgan fuqaroga yer berdi. Marhumga 10 kunda hujjatlarni rasmiylashtirish vazifasini yukladi


Qarshi shahar hokimi 2017-yil vafot etgan fuqaroga 2018-yil doimiy foydalanish uchun yer berdi. Va marhumga hujjatlarni 10 kunlik muddatda rasmiylashtirish mas’uliyatini yukladi. Bu haqda “Daryo”ga Qarshi shahar ma’muriy sudi raisi Azamat Xushvaqov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, shahar hokimining marhumga yer bergani shahar ma’muriy sudining 2020-yil 16-iyuldagi sud majlisida fosh qilingan. Ayni kunda hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish mumkin bo‘lgan 20 kunlik muddat ham tugab, sud qarori kuchga kirgan.

Qarshi shahar ma’muriy sudi raisi Azamat Xushvaqovning ma’lumot berishicha, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi “Beshkent isuzi avtoxolding” MChJ manfaatini himoya qilib, Qarshi shahar ma’muriy sudiga da’vo ariza kiritgan va shahar hokimining 2018-yil 16-oktabrdagi, 2020-yil 28-yanvardagi qarorlarini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan.

“Qarshi shahar hokimligi 2018-yil 16-oktabrdagi qarori bilan 2017-yil 25-iyun kuni vafot etgan, marhum Baxtiyor Sayfullayevga 764,2 metr/kv yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini bergan. Eng yomoni, hokimlik marhum ularga murojaat qilganini, uning murojaatiga ko‘ra fuqaroga yer berilganini, yer hujjatlarini rasmiylashtirish maqsadida marhumga 10 kunlik muhlat berilganini ma’lum qilgan. Shuningdek, hokimlik 2020-yil 28-yanvardagi qarori bilan ‘Beshkent isuzi avtoxolding’ MChJga hokimiyatning 2019-yil 16-dekabr kunidagi qarori bilan obodonlashtirish uchun berilgan 200 metr/kv yerini olib qo‘ygan. Hatto, bu haqda yerga egalik qilib kelgan MChJ vakillarini ham ogohlantirmagan”, — deydi sud raisi Azamat Xushvaqov.

Oydinlik kiritilishicha, 2018-yil Qarshi shahriga Jamshid Fozilov rahbarlik qilgan. Fozilov Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining 2019-yil 26-oktabrdagi navbatdan tashqari sessiyasida Chiroqchi va Mirishkor tumani hokimlari bilan birga mas’uliyatsizligi sabab ishdan olingandi.

Qo‘shimcha qilinishicha, sudya Azamat Xushvaqov raisligidagi sud O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasining da’vo arizasini qanoatlantirib, Qarshi shahar hokimning marhumga yer berish haqidagi 2018-yil 16-oktabrdagi hamda “Beshkent isuzi avtoxolding” MChJga tegishli 200 metr/kv yerni olib qo‘yish haqidagi 2020-yil 28-yanvardagi qarorlarini haqiqiy emas deb topgan.

Eslatib o‘tamiz, Chiroqchi tuman hokimi ham 2011-yil 31-dekabr kuni 2010-yil 24-noyabrda vafot etgan marhum Yusuf Abdumo‘minovga Chiroqchi—Shahrisabz avtomobil yo‘li yoqasidan 20 metr/kv yer ajratib bergani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют