» » O‘zbekiston aholisining deyarli yarmi ijtimoiy himoya bilan ta’minlanmagani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston aholisining deyarli yarmi ijtimoiy himoya bilan ta’minlanmagani ma’lum bo‘ldi


O‘zbekiston umumiy aholisining deyarli yarmi va kam ta’minlangan oilalarning uchdan bir qismi ijtimoiy himoya dasturlari bilan ta’minlanmagan?. Bu haqda Xalqaro mehnat tashkiloti, YuNISEF va Jahon bankining O‘zbekistondagi ijtimoiy himoya tizimini baholash bo‘yicha qo‘shma hisobotida qayd etildi.

Hisobot jamoatchilik, ayniqsa, kam ta’minlangan oilalar, ijtimoiy nafaqa oluvchi kishilar, nogironligi bor shaxslar va keksalar, yoshlar, norasmiy ishlovchilar hamda ishsizlar fikrini aniqlash maqsadida e’lon qilingan.

Unda aytilishicha, O‘zbekiston Sovet Ittifoqidan bandlikni ta’minlash, bolalar parvarishini qo‘llab-quvvatlash va qarilikda kafolatli daromadni ta’minlash tamoyillariga asoslangan keng qamrovli ijtimoiy himoya tizimini meros qilib olgan bo‘lsa-da, hozirgi kunga kelib, mamlakatda ijtimoiy himoyaning rasmiy ta’rifi qabul qilinmagan. Shuningdek, ijtimoiy himoya dasturlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va boshqarish bo‘yicha ixtisoslashgan muassasa mavjud emas.

“Ijtimoiy himoya funksiyalari turli vazirliklar va muassasalarga taqsimlangan va ushbu vazirliklar va muassasalarning hech biri butun tizimni to‘laqonli qamrab olmaydi va shuning uchun ijtimoiy himoya bo‘yicha turli dasturlarni o‘zaro muvofiqlashtirishga javobgar emas.

Misol uchun, Moliya vazirligi Pensiya jamg‘armasi pensiya taqsimoti uchun javobgar va ijtimoiy yordam dasturlari xarajatlarini nazorat qiladi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bandlik va mehnat bozorining faollashtirish dasturlari uchun javobgar bo‘lib, ijtimoiy himoya sohasida umumiy siyosatni belgilash vakolatiga ega. Sog‘liqni saqlash vazirligi sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq dasturlarni amalga oshiradi, keksalar va nogironlarga xizmat ko‘rsatadi. Xalq ta’limi vazirligi esa kam ta’minlangan oilalarning farzandlarini turli buyumlar bilan ta’minlash maqsadida bir necha kichik dasturlarni amalga oshiradi.

Bunday holat jiddiy tashvish tug‘dirishi tabiiy, chunki xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki alohida bir dasturni kuchaytirish butun tizim yoki ijtimoiy yordam oluvchilar nuqtayi nazaridan optimal bo‘lmasligi mumkin va bunda butun tizimni kompleks isloh etish talab etiladi”, — deyiladi hisobotda.

Unda, shuningdek, O‘zbekiston ijtimoiy himoya tizimi bilan bog‘liq quyidagi muammolar sanab o‘tilgan:

Fuqarolar hisobot natijalari bilan tanishib, quyidagi havola orqali o‘z fikr-mulohazalarini qoldirishi mumkin. Fikr va takliflar tahlil qilinib, tegishli vazirlik, idoralar, xalqaro tashkilotlarga taqdim etilishi ma’lum qilingan.

Avvalroq YuNISEFning “O‘zbekistonda bolalar va yoshlar manfaatlariga mos ijtimoiy himoya tizimini qurish” mavzusidagi hisoboti e’lon qilingandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют