» » Jigar faoliyatiga zarar yetkazadigan 5 odat

Jigar faoliyatiga zarar yetkazadigan 5 odat


Agar tibbiyot bilan aloqasi bo‘lmagan odamdan jigar faoliyatiga zarar yetkazadigan eng yomon ta’sir haqida so‘ralsa, ko‘pchilik alkogol deb javob beradi. Ammo kundalik turmush tarzida zararsiz bo‘lib ko‘rinadigan shunday odatlar mavjudki, ular asta-sekin jigar faoliyatini yo‘q qilishi va sog‘likka ziyon yetkazishi mumkinligini aksariyat odamlar bilmaydi. “Domashniy Ochag” jigarga zarar yetkazadigan odatlar haqida material tayyorladi.

Shirinlik yeyish

Alkogolsiz yog‘li jigar kasalligi (yoki ko‘proq tanish nom – yog‘li jigar) – bu organning sirrozi va saraton kasalligining keng tarqalgan sabablaridan biri. Va bunga erishishning eng oson usuli – shirinliklarni ortiqcha iste’mol qilishdir. Agar kuniga 1000 ta “shirin” kaloriya iste’mol qilsangiz, yog‘li jigar olish xavfi 1:4 ga teng. Bu juda ko‘p degani.

Dorilar (polivitamin) qabul qilish

Ko‘pchilik shifokorlar bizga oziq-ovqat bilan ta’minlaydigan vitaminlar va minerallar, haqiqatan, foydali ekanini ta’kidlaydi. Ammo polivitaminlar sog‘ligimizga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, balki eng yomon holatda zarar yetkazadi. Jigar – tananing vitaminlar “zarbasi”ga eng ko‘p duchor bo‘ladigan organidir. A vitaminining haddan tashqari iste’mol qilinishi jigarni o‘ldirishi mumkin va sirroz rivojlanishiga olib keladi.

 Vazn to‘plash

Bel sohasida to‘plangan ortiqcha vazn juda xavflidir: visseral yog‘ gormon ishlab chiqarishga va bu o‘z navbatida jigar faoliyatiga yomon ta’sir qilishi mumkin. 

Paratsetamol qabul qilish

Paratsetamol – shamollash, gripp holatlarida va tish, bosh og‘rig‘ida ishlatiladi. Tavsiya etilgan miqdorda xavfsiz, ammo oshib ketsa, jigarga zarar yetkazadi. Shifokor ko‘rsatmasiga qat’iy amal qiling va hech qachon paratsetamolni o‘z ichiga oluvchi ikki mahsulotni bir vaqtning o‘zida iste’mol qilmang.

Tezpishar (fast-fud) ovqat yeyish

Biz takrorlaydigan “trans-yog‘lar” asosan, qovurilgan kartoshka (fri), naggetsa va gamburger, shuningdek, do‘konda pishiriladigan nonlar va hatto popkornda ham mavjud. Trans-yog‘lar nafaqat jigar uchun xavfli, balki ular bu organning juda tez semirib ketishiga olib keladi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют