» » O‘zbekistonda magistratura imtihonlari testlarining soni hamda ularni baholash mezonlari tasdiqlandi

O‘zbekistonda magistratura imtihonlari testlarining soni hamda ularni baholash mezonlari tasdiqlandi


O‘zbekistonda ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2-sonli bayoni bilan respublika OTMlarining magistraturasiga kirish imtihonlari bo‘yicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar bergan.

Magistraturaga o‘qishga kirishda eng ko‘p (maksimal) to‘planishi mumkin bo‘lgan ball – 250 ball.

Shundan:

Talabgorga test yechish uchun 130 daqiqa ajratiladi.

2020-yilda O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga (OTM) bakalavriat bosqichiga 162 364 ta, magistraturaga 10 425 ta o‘rin ajratilgan. Kirish imtihonlari ikki smenada respublika bo‘yicha tanlab olingan 155 ta stadionning 40 tasida o‘tkaziladi.

O‘zbekistonda ikkinchi mutaxassislikka hujjatlar qabul qilish jarayoni 2020-yilning 10-avgustidan boshlangan, oliy o‘quv yurtlariga kirish test sinovlari 2-sentabrdan boshlanib, 14 kun davom etadi, bakalavr bosqichining 1, 2, 3, 4-bosqich talabalariga hozircha sentabr oyidan boshlab masofaviy ta’lim boshlanadi.

Respublika Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qaroriga muvofiq, test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar avvalgi yillarda olingan mos fan bo‘yicha test sinovlari bilan almashtirilgan.

Avval abituriyentlarga har 30 ta test topshirig‘ini yechish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) 90 daqiqa vaqt ajratilishi (60 ta test topshirig‘iga jami 180 daqiqa beriladi) haqida xabar qilingandi.

Test sinovlari bilan bir qatorda kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar avvalgi yillarda olingan mos fan bo‘yicha test sinovlari bilan almashtirilgan abituriyentlarga muayyan ta’lim yo‘nalishiga kirish uchun test topshiradigan fanlari majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan qo‘shimcha to‘rttagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini 2020-yil 16-avgustga (16-avgust kuni ham) qadar tanlash huquqi berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют