» » Krishtianu Ronalduning xizmatlari “Barselona”ga taklif etildi

Krishtianu Ronalduning xizmatlari “Barselona”ga taklif etildi


Ispaniyalik taniqli jurnalist, futbol eksperti Gilyem Ballage “Yuventus” klubi jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldudan qutulish istagida ekanligini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Turin klubi yuqori maosh sabab Ronaldudan xalos bo‘lishni istamoqda va uning xizmatlarini bir nechta klubga taklif etgan. Ular qatorida “Barselona”ning ham borligi aytilmoqda.

Ronalduning atrofidagilar esa bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilgan. Ma’lum qilinishicha, Krishtianuning oilasi Turindaligidan baxtli. Futbolchi esa shartnomasini oxiriga qadar “Yuventus”da to‘p surishni rejalashtirgan.

Ronalduning “Yuventus” bilan shartnomasi 2022-yil yozida yakuniga yetadi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2018-yil yozida “Real”dan “Yuventus”ga o‘tgandi. Futbolchi 2019/20-yilgi mavsum Italiya chempionatida 33 ta o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol urib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-08-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют