» » O‘zbekistonda 13-avgust kuni 669 kishida koronavirus aniqlandi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha yozning rekordi yangilandi

O‘zbekistonda 13-avgust kuni 669 kishida koronavirus aniqlandi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha yozning rekordi yangilandi


O‘zbekistonda 12-avgust soat 23:30 dan 13-avgust soat 23:30 gacha koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 669 ta holat qayd etildi. Bu 27-iyuldan beri eng kam kasallik aniqlangan kun bo‘ldi. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 33323 nafarga yetdi.

Yangi kasallangan 669 kishining barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:

Kun davomida 8 ta hududda yangi kasallanish holatlari qayd etildi.

Toshkent shahrida 394 kishida koronavirus aniqlandi. Avgust oyining ortda qolgan 13 kuni ichida Toshkentda eng kam kasallik aniqlangan kunda (2-avgust) 325 kishida, eng ko‘p kasallik aniqlangan kunda (9-avgust) 509 kishida COVID-19 qayd etildi. 1—13-avgust oralig‘ida poytaxtda (karantin zonasida aniqlangan holatlarni hisobga olmasa) 5487 ta yangi holat aniqlandi. Toshkentdagi umumiy kasallanganlar soni 20000 nafardan oshdi. Poytaxtda kasallikka chalinganlar soni 20083 nafarga yetdi.

SSV Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami besh nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi. Vafot etgan bemorlarning 4 nafari ayollar bo‘lib, ularning yoshi 59 dan 62 yoshgachadir. Avgust oyida 8, 12 va 13-avgustdan boshqa barcha kunlarda SSV 6 nafardan bemor vafot etayotgani haqida axborot berdi.

Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 63 yoshli D.A. ismli ayol vafot etgan.

Ikkinchi o‘lim. Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashagan 66 yoshli X.E. ismli ayol vafot etgan.

Uchinchi o‘lim. Toshkent shahri Olmazor tumanida yashagan 59 yoshli X.A. ismli ayol vafot etgan.

To‘rtinchi o‘lim. Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 62 yoshli N.I. ismli ayol vafot etgan.

Beshinchi o‘lim. Toshkent shahri Chilonzor tumanida yashagan 35 yoshli A.I. ismli erkak vafot etgan.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 216 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 225 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov 58 yoshida vafot etgani xabar berildi. Biroq ushbu to‘qqiz holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 5894 nafar bemordan 1340 nafari og‘ir, 400 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

13-avgust kuni 12 ta hududda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 1554 nafari sog‘aydi. Ketma-ket ikkinchi kun sog‘aygan bemorlar soni 1500 dan oshmoqda. 12-avgust kuni 1569 nafar bemor sog‘ayib, rekord o‘rnatilgandi.

Yangi tuzalganlarning

Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga aniqlik kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 33 323 nafar bemordan 27 213 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 82 foizni tashkil etmoqda. Bu yozning eng yaxshi natijasi hisoblanadi. Bungacha 5-iyundagi bemorlarning 81 foizi tuzalishi yoz faslining eng yaxshi natijasi bo‘lib turgandi. Oxirgi marta 22-may kuni davolanish ko‘rsatkichi 82 foiz bo‘lgandi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют