» » Tramp “boshpana-shaharlar”ni AQSh uchun kulfat deb atadi

Tramp “boshpana-shaharlar”ni AQSh uchun kulfat deb atadi


AQSh prezidenti Donald Tramp noqonuniy muhojirlar ommaviy tartibda ko‘chib boradigan “boshpana-shaharlar”ni mamlakat uchun kulfat deb atadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Boshpana-shaharlar o‘ta xavfli va juda yomon. Biz huquq-tartibot sohasida ajoyib natijalarga erishyapmiz, chegaradagi ishlar ham qoyilmaqom darajada. Barcha eng iste’dodli vakillarimiz boshpana-shaharlar kulfat ekanligini bildirmoqda”, — deya ta’kidladi prezident Washington Examiner gazetasiga bergan intervyusida. 

Davlat rahbari uning immigratsiya borasidagi farmonlari ijrosini vaqtincha to‘xatib qo‘ygan sudlar qarorlarini keskin tanqid qildi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq San-Fransisko federal sudi Donald Trampning “boshpana-shaharlar”ni budjet orqali moliyalashtirishdan mahrum etish haqidagi farmoniga taqiq qo‘ygandi. 

AQShda “boshpana-shaharlar” ilk bor o‘tgan asrning 70-yillarida paydo bo‘lgandi. Hozir mamlakatda mahalliy rasmiylari aholisining muhojirlik maqomi haqida federal hukumatga ma’lum qilishdan bosh tortayotgan 300 dan ortiq shunday shahar mavjud.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (27-04-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют