» » APL 2020/21-yilgi mavsumi odatdagidan qisqa bo‘ladi va unda qishki tanaffus bo‘lmaydi

APL 2020/21-yilgi mavsumi odatdagidan qisqa bo‘ladi va unda qishki tanaffus bo‘lmaydi


Angliya Premyer Ligasi 2020/21-yilgi mavsum taqvimi loyihasini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Angliya chempionati 12-sentabrda boshlanadi va 23 may kuni yakunlanadi.

Barcha 380 o‘yinni o‘z ichiga olgan batafsil taqvim 21-avgust kuniga qadar e’lon qilinadi.

BBC nashrining xabar qilishicha, APL koronavirus sabab yuzaga kelgan tig‘iz taqvim tufayli yangi mavsumda qishki tanaffusdan voz kechgan. Bunga qadar jamoalar fevral oyida ikki hafta hordiq chiqarar edi.

Shuningdek, 2020/21-yilgi mavsum odatdagidan 5 hafta qisqaroq vaqtda o‘tkaziladi. O‘tgan mavsumning kech yakunlangani bunga sabab bo‘lgan.

Avvalroq Premyer Liga 2020/21-yilgi mavsumida FIFA joriy etgan beshta o‘zgarish qoidasi amal qilmasligi ma’lum bo‘lgandi. Shuningdek, taqvimni mo‘tadillashtirish maqsadida Angliya Kubogi va Liga Kubogi reglamentiga o‘zgarishlar kiritilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 114) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют