» » “Leypsig”ning 33 yoshli bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Chempionlar Ligasi tarixiga kirdi

“Leypsig”ning 33 yoshli bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Chempionlar Ligasi tarixiga kirdi


“Leypsig” jamoasi Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalida “Atletiko”dan ustun keldi (2:1) va yarim finalga yo‘l oldi.

Nemislar ustozi Yulian Nagelsmann jamoasini Chempionlar Ligasi yarim finaliga olib chiqqan eng yosh murabbiyga aylandi. Germaniyalik mutaxassis o‘yin kuni 33 yosh-u 21 kunlik edi.

“Leypsig” yarim finalda PSJ bilan o‘ynaydi. Uchrashuv 18-avgust kuni Lissabonda bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Nagelsmann 32 yosh-u 231 kunligida musobaqa pley-off bosqichida g‘alaba qozongan eng yosh murabbiyga aylangandi.

Nagelsmann 2017-yili 29 yoshida “Hoffenhaym”ni ilk bor Chempionlar Ligasiga olib chiqqandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют