» » 29 yoshli murabbiy “Xoffenxaym” klubini tarixda ilk bor Chempionlar ligasiga olib chiqdi

29 yoshli murabbiy “Xoffenxaym” klubini tarixda ilk bor Chempionlar ligasiga olib chiqdi


Germaniyaning “Xoffenxaym” klubi kelasi mavsum o‘z tarixida ilk bor Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasida ishtirok etadi.

Bundesliganing 31-turida 29 yoshli mutaxassis Yulian Nagelsmann boshqarayotgan klub minimal hisobda zafar quchdi. Yagona gol o‘yinning so‘nggi daqiqasida kiritildi.

Eslatma. Nagelsmann 2016-yil yakunlariga ko‘ra Germaniyada yil murabbiyi sifatida tan olingandi.

Shu tariqa “Xoffenxaym” 5-o‘rinni egallab turgan “Gerta”dan 12 ochkoga o‘zib ketdi. Mavsum yakuniga qadar “Gerta” kuchli to‘rtlikka kira olmasligi oydinlashdi.

G‘alaba “Xoffenxaym”ni 3-o‘ringa olib chiqdi. Bu Chempionlar ligasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma deganidir. Chempionat so‘nggiga qadar jamoa Dortmund “Borussiya”si bilan mana shu pog‘ona uchun raqobatda bo‘ladi. Ehtimoliy 4-o‘rin Chempionlar ligasining pley-offiga yo‘llanma beradi.

Eslatma. Avvalroq “Leypsig” o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasida to‘p surish huquqini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, “Bavariya” Bundesliga tarixida ilk bor ketma-ket beshinchi marta mamlakat chempioniga aylangandi.

Germaniya Bundesligasi
31-tur o‘yini
30-aprel, yakshanba

Gol: Benjamin Xyubner, 90 (1:0).

Опубликовано: admin (1-05-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют