» » 29 yoshda Germaniyaning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uddalasa bo‘ladigan ishga aylandi

29 yoshda Germaniyaning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uddalasa bo‘ladigan ishga aylandi


Germaniyaning “Xoffenxaym” jamoasi bosh murabbiyi — 29 yoshli Yulian Nagelsmann Germaniya futbol ittifoqi talqini bo‘yicha 2016-yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda.

2016-yilning fevral oyida Nagelsmann 28 yoshida “Xoffenxaym”ni o‘z boshqaruviga oldi va Bundesliga tarixidagi eng yosh bosh murabbiyga aylandi.

O‘tgan mavsumda Zinsxaym shahri jamoasi 15-o‘rinni egallab, Bundesligada jon saqlab qolgandi. Ayni vaqtda jamoa 45 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. Hisobida 62 ochko bo‘lgan “Bavariya” birinchi, “Leyptsig” (49 ochko) va “Borussiya Dortmund” (46 ochko) mos ravishda 2–3-o‘rinlarda bormoqda.

Murabbiylik faoliyatimning boshlang‘ich davrida qo‘lga kiritilgan ushbu sovrin menga ilhom keltirib, oldinga intilishga undaydi.

Yulian Nagelsmann, “Xoffenxaym” bosh murabbiyi

Qayd etish kerakki, “Xoffenxaym” sentabr oyida boshlangan 2016/17-yilgi mavsumning 2017-yil yanvar yakuniga qadar mag‘lubiyat nima ekanini bilmay kelayotgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-03-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют