» » Mesut O‘zil: “Arsenal” ikki yildan beri menga loy chaplash va meni muxlislarga yomon ko‘rsatishga urinish bilan ovora

Mesut O‘zil: “Arsenal” ikki yildan beri menga loy chaplash va meni muxlislarga yomon ko‘rsatishga urinish bilan ovora


“Arsenal” yarim himoyachisi Mesut O‘zil koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan inqiroz vaqtida maoshining kamaytirilishiga rozi bo‘lmagani sababini tushuntirdi.

Barchamiz o‘z hissamizni qo‘shishni istagandik, biroq bizga to‘liq ma’lumot berilmadi, yana ko‘plab savollar javobsiz qoldi. Bu zarur bo‘lib turgan vaqtda hech kim maoshning qisqarishiga qarshi chiqmaydi. Agar lozim bo‘lsa men hatto maoshimning katta qismidan voz kechishga tayyor edim, biroq buning uchun vaziyat shaffof bo‘lishi kerak edi.

Buning o‘rniga hech qanday muhokamalarsiz oldimizga shart qo‘yishdi. Bu vaziyatda sen pullaring qayerga ketayotgani haqida bilish va tushunishga haqing bor. Biroq biz tafsilotlarni bilmasdik va shunchaki o‘z qarorimiz haqida ma’lum qilishimiz lozim edi. Barchasi juda tez sodir bo‘ldi va bizga bosim o‘tkazildi. Bu adolatsizlik, ayniqsa yosh futbolchilarga nisbatan va men buni rad etdim. Uyimda bolam bor, shuningdek, Turkiya va Germaniya oldida ayrim majburiyatlarim mavjud.

Meni yaxshi biladiganlar ziqna emasligimdan xabari bor. Bilishimcha, men maoshning kamayishiga rozi bo‘lmagan yagona futbolchi emasman, ammo oqibatda faqat mening ismimni oshkor qilishdi. Ikki yildan beri menga loy chaplashga, muxlislarni menga qarshi qayrashga va bo‘layotgan voqealarni aslidagidek ko‘rsatmaslikka urinishmoqda. Balki, bu qarorim bilan maydonga chiqish imkoniyatlarimni pasaytirib yuborgandirman, biror narsa deya olmayman.

Mesut O‘zil, “Arsenal” futbolchisi

Eslatib o‘tamiz, germaniyalik futbolchi koronavirus sabab yuzaga kelgan inqiroz vaqtida maoshining kamayishiga rozi bo‘lmagandi. Futbolchilar maoshini qisqartirib ko‘plab mablag‘ni tejab qolgan “Arsenal” avvalroq 55 nafarga yaqin ishchi xodimini yubormoqchi bo‘lgan va bu londonliklar o‘yinchilarining e’tiroziga sabab bo‘lgandi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют