» » Samarqandda qo‘shnisi bilan tortishib qolgan shaxs uni mashinasida urib, o‘ldirib qo‘ydi

Samarqandda qo‘shnisi bilan tortishib qolgan shaxs uni mashinasida urib, o‘ldirib qo‘ydi


Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani hududida harakatlanib ketayotgan mashina haydovchisi yo‘lovchisi bilan tortishib qolib, uni mashinasi bilan urib jazoladi. Natijada yo‘lovchi olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 2019-yilning 21-avgust kuni, taxminan, soat 18:30 da Kattaqo‘rg‘on tumani “Qo‘shqo‘ton” MFY hududidan o‘tuvchi Moybuloq—Xonaqa avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotgan Nexia haydovchisi J.P. qo‘shnisi M.H.ning iltimosiga ko‘ra, yo‘lda to‘xtaydi. Qo‘shnisining mashina yonida hojat chiqarayotganini ko‘rgan haydovchi qo‘shnisiga uzoqroq ketishini aytadi. Qo‘shni esa bunga javoban uni bir marta uradi.

O‘zidan ancha yosh bo‘lgan qo‘shnisiga kuchi yetmasligini bilgan J.P. qo‘shnisini yo‘lda qoldirib, ketib qoladi. Taxminan, 500 metr yurganidan so‘ng qo‘shnisidan o‘ch olish maqsadida ortga qaytadi va boshqaruvidagi avtomashinada qarama-qarshi harakatlanib kelib, M.H.ning orqa tomonidan borib, uradi.

Oqibatda M.H. avtomashina kapoti ustiga otilib tushib, boshining orqa tomoni bilan avtomashina old oynasi chap burchak qismiga uriladi va oynaning shu qismini sindirib, yerga yiqiladi. Haydovchi esa unga yordam bermay, yashash uyiga qochib ketadi. Natijada M.H. olgan jarohatlari tufayli Kattaqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman sudi sudyasi Temur Almamatovning ma’lum qilishicha, sudlanuvchi J.P. qilgan jinoyatini tan olib, aybiga iqror bo‘lgan va qilmishini mastligi bilan izohlagan. Sud esa mazkur holat yuzasidan J.P.ga Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atib, aybdor deb topgan va 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют