» » Nyu-Yorkdan Toshkentga navbatdagi charter reys bilan 233 yo‘lovchi olib kelindi

Nyu-Yorkdan Toshkentga navbatdagi charter reys bilan 233 yo‘lovchi olib kelindi


Nyu-Yorkdan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi samolyotida navbatdagi charter reys bilan 233 nafar yo‘lovchi Toshkentga olib kelindi. Bu haqda O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi va Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasiga tayanib, “Xalq so‘zi Online” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, maxsus reys Respublika maxsus komissiyasining charter reyslarni tashkil etish jadvaliga muvofiq 13-avgust kuni mahalliy vaqt bilan 13:00 da (Toshkent vaqti bilan 22:00) Jon Kennedi xalqaro aeroportidan amalga oshirgan. Samolyot bugun kunning birinchi yarmida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ngan.

Samolyot bortida AQSh va Kanadada vaqtincha va doimiy yashayotgan 214 nafar O‘zbekiston fuqarosi (shundan 10 nafari yosh bolalar), AQShning Toshkentdagi elchixonasini 14 nafar diplomati va ularning oila a’zolari, shuningdek, Toshkent shahridagi xalqaro maktablarga ishlash uchun taklif etilgan 5 nafar o‘qituvchi bor.

Barcha yo‘lovchilar aviachiptalarni sotib olish va ro‘yxatdan o‘tkazish paytida ular talabiga binoan maxsus ajratilgan joylar va mehmonxonalarda 10 kunlik karantinda qolish qoidalariga rioya qilishlari zarurligi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

“AQShdagi diplomatlarimizga ko‘ra, iyun—avgust oylarida Amerika qit’asidan 1 ming 414 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shuningdek, 45 nafar chet davlat fuqarosi mamlakatga olib kelingan”, — deyiladi xabarda.

Mazkur charter reys uchun yo‘lovchilar ro‘yxatini shakllantirish iyun oyida boshlangan. Shundan buyon O‘zbekistonga qaytishga ko‘maklashishni so‘rab 853 nafar vatandosh murojaat qilgan. Lekin ro‘yxatga olinganlardan 564 nafari O‘zbekistonga kelish fikridan qaytgan. Ular Toshkent–Nyu-York–Toshkent yo‘nalishidagi muntazam parvozlar tiklanishini hamda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yumshashini kutishga qaror qilgan.

13-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonga qaytish maqsadida tashkil qilinadigan navbatdagi reys uchun ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar soni 75 kishini tashkil etmoqda.

O‘zbekistonning AQShdagi diplomatik vakolatxonalari, Toshkent–Nyu-York–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha maxsus charter reyslarni amalga oshirish Respublika maxsus komissiyasining oldindan tasdiqlangan qaroriga binoan amalga oshirilishini, ular jadvali OAV va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinishini eslatib o‘tadi.

“Shu munosabat bilan, O‘zbekistonning Vashingtondagi va Nyu-Yorkdagi diplomatik vakolatxonalari kelgusi oylarda Toshkentga borishni rejalashtirgan vatandoshlardan elchixona yoki Bosh konsulxonaga murojaat qilib, yo‘lovchilar ro‘yxatida qayd etilishni so‘ramoqda. Konsullik idoralari vakillarining aloqa ma’lumotlari diplomatik vakolatxonalar veb-saytlarida mavjud”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumatining qarori bilan 16-martdan boshlab barcha xalqaro reyslar, shu jumladan, Toshkent—Nyu-York—Toshkent yo‘nalishida muntazam yo‘lovchi qatnovlari to‘xtatilgan edi. 1-avgust kuni Maxsus komissiyasi qarori bilan Amerika va Kanadadan bir guruh vatandoshlar maxsus reys bilan Toshkentga olib kelingan. Ta’kidlanishicha, so‘nggi uch oy ichida koronavirus pandemiyasi tufayli qiyin ahvolda qolgan barcha o‘zbekistonliklar AQSh va Kanadadan evakuatsiya qilingan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonga kelgan 18 nafar amerikalik diplomat karantinga joylashtirildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют