» » Moto Razr 2020 modeli qachon taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi

Moto Razr 2020 modeli qachon taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi


Motorola kompaniyasi o‘zining yangi smartfoni taqdimoti 9-sentabr kuni o‘tkazilishini ma’lum qildi. Qisqa tizer rolikda bu yangi buklanuvchi Moto Razr’ga aylanishiga shama qilingan, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Hozirda internetda Moto Razr 5G yoki Razr 2020 deya nomlanayotgan smartfon suratlari tarqalib ulgurgan. U egiluvchan ekranli birinchi qurilma dizaynini ko‘p jihatdan takrorlaydi, biroq u qadar katta bo‘lmagan farqlar ham bor. Masalan, kamera chaqnog‘i (vspishka) o‘rni alamashgan va quyi qismidagi barmoq izi skaneri maydonchasi yo‘qolgan. Ehtimol, u displey ichiga joylashtirilgan yoki bu hali dastlabki prototip.

XDA Developers saytining ma’lum qilishicha, yangi Moto Razr katta tezkor va ichki xotiraga, shuningdek, sig‘imi kattargan akkumulyatorga ega bo‘ladi — bu oldingi modelning asosiy kamchiliklaridan biri edi. Smartfon Snapdragon 765 protsessori bazasida ishlaydi va 5G-aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.

Yangi model narxi haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q. U birinchi Moto Razr’dan arzonroq bo‘lmasligi aniq, chunki egiluvchan displeylar texnologiyasida endi rivojlanmoqda va ishlab chiqarish juda qimmatga tushadi. Shu sababli yangi qurilma narxi boshqa bir “buklanuvchi” raqibi Galaxy Z Flip kabi narxda sotuvga chiqishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning noyabrida Motorola kompaniyasi Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan tadbirda afsonaviy telefonining davomchisi Moto Razr V3’ni taqdim etgan edi.

Mavzuga doir: Motorola Galaxy S20 Ultra kabi texnik tavsifga ega Edge flagmanini taqdim etdi. Biroq qurilma raqobatchisidan 400 dollarga arzonroq



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют