» » Sud Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Atambayevga chiqarilgan hukmini o‘z kuchida qoldirdi

Sud Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Atambayevga chiqarilgan hukmini o‘z kuchida qoldirdi


Bishkek shahar sudi Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni jinoiy avtoritet Aziz Batukayevni noqonuniy ravishda ozod qilganlikda ayblangan sud qarorini o‘z kuchida qoldirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, 23-iyun kuni Bishkekning Pervomayskiy tuman sudi Atambayevni korrupsiya ayblovi bilan 11 yil ikki oy muddatga qamoq jazosiga hukm qilgan. Hukm yuzasidan Bishkek shahar sudiga ham himoyachi, ham prokuratura tomonidan shikoyat qilingan. Lekin hukm o‘z kuchida qoldirilgan.

“Sudyalar hay’ati Pervomayskiy tuman sudining hukmini o‘z kuchida qoldirdi”, – dedi shahar sudi vakili.

Qayd etilishicha, 2006-yilda Batukayev Bishkek yaqinidagi koloniyalardan birida tartibsizliklarni uyushtirganligi uchun 16 yil 8 oy qamoq jazosiga hukm qilingan. Tartibsizlik paytida deputat Tinichbek Akmatbayev, Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i Ikmatulla Polatov va ikki nafar parlament a’zosi o‘ldirilgan.

Batukayev 2013-yilda tibbiy komissiya xulosasi bilan qamoqdan ozod qilingan. Unga qon saratoni kasalligi tashxisi qo‘yilgan. Bir necha soat o‘tgach, u yangi pasport olgan va mamlakatni tark etgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, uning ozod qilinishida yuqori lavozimli amaldorlar, shu jumladan sobiq prezident Atambayev ham ishtirok etgan. Ularga “korrupsiyani uyushgan jinoiy guruh manfaatlarida tashkil qilish” ayblovi qo‘yilgan.

Qirg‘iziston parlamentdagi sotsial-demokratlar partiyasining rahbari Atambayev hokimiyatni 2017-yildagi prezidentlik saylovlaridan keyin o‘zining vorisi va eng yaqin ittifoqchisi Sooronbay Jeenbekovga topshirgan. Biroq ko‘p o‘tmay, sobiq prezident jamoasi a’zolariga qarshi jinoiy ishlar ochildi. Atambayev sobiq prezident maqomidan mahrum qilindi va og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarda ayblandi. Sobiq prezident bir necha bor unga va uning sheriklariga qarshi barcha ayblovlar siyosiy xarakterga ega ekanligini ta’kidlagan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 117) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют