» » Toshkentda sevgan qizi bilan urushib qolgan yigit mast holda ko‘chada yalang‘och yurdi (video)

Toshkentda sevgan qizi bilan urushib qolgan yigit mast holda ko‘chada yalang‘och yurdi (video)


Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda yalang‘och holda yo‘l yuzida yurib ketayotgan fuqaroning videosi yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 10-avgust kuni soat 16:30 larda Toshkent shahar Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida Jizzax viloyatida doimiy ro‘yxatda turuvchi 22 yoshli fuqaro ko‘chada kiyimsiz harakatlangan. IIV xodimlari bu haqda tumanning 3-sonli Ichki ishlar bo‘limiga xabar bergan. Voqea joyiga hududiy profilaktika inspektorlari hamda Patrul-post xizmati xodimlari yetib kelgan.

Holatga oydinlik kirish asnosida fuqaro spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgani, yoqtirgan qizi bilan urushib qolgani va o‘z harakatlariga javob bera olmasdan kiyimlarini yechib ko‘chada yurganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlar to‘planib, fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tuman Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudiga taqdim etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning mart oyida ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahri ko‘chalarida kiyimsiz yurgan erkaklarning videosi tarqalgandi. Videodagi erkaklar shaxsi aniqlanib, ular mayda bezorilik sodir etganlikda aybli deb topilgan va ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Mavzuga doir: Farg‘onada unashtiruvi bekor qilingan yigit sevgan qizining uyini yoqib yubordi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют