» » Bo‘stonliq tumanida “Bildirsoy—Chimyon—Nanay” xalqaro kurorti tashkil etiladi

Bo‘stonliq tumanida “Bildirsoy—Chimyon—Nanay” xalqaro kurorti tashkil etiladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-avgust kuni Bo‘stonliq tumanida turizm salohiyatini kengaytirishga doir loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, davlat rahbari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yaqin yillarda foydalanishga topshiriladigan loyihalar majmuasi bilan tanishib, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflarini berdi.

“Bildirsoy—Chimyon—Nanay” xalqaro kurortini tashkil etish loyihasi ulardan biri. Uning konsepsiyasi va iqtisodiy modeli Fransiya kompaniyalari konsorsiumi tomonidan FASEP fondining 750 ming yevro miqdoridagi grant mablag‘lari hisobiga ishlab chiqilgan.

Loyihaning umumiy qiymati 480 million dollar. Shundan 280 million dollarini to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar tashkil etadi. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad hududdagi yer maydonlarining qiymatini va investitsion jozibadorligini oshirish orqali tadbirkorlikni rivojlantirishdir.

Loyiha 3 bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda Chimyon hududida umummavsumiy kurort tashkil etish ko‘zda tutilgan. Fransiyaning 48 million yevro miqdoridagi imtiyozli krediti evaziga turistik infratuzilmani rivojlantirish, jumladan, osma yo‘laklar, chang‘i uchish uskunalari va attraksionlar keltirib o‘rnatish rejalashtirilgan. Buning natijasida tog‘-chang‘i turizmi ommalashadi, mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun zamonaviy sharoitlar yaratiladi, tadbirkorlik rivojlanadi. Loyihaning birinchi bosqichini 2021-yil dekabrda ishga tushirish rejalashtirilgan.

Ta’kidlanishicha, loyihalarda ko‘zda tutilayotgan eng muhim vazifa bu — davlat-xususiy sheriklik asosida uddaburon tadbirkorlarga keng yo‘l berishdir. Shuningdek, sayyohlik hududida echkichilik, tuyachilik, asalarichilik kengaytirilib, sayyohlarga qo‘shimcha xizmatlar taklif etiladi. Hududda yoshlar uchun alohida maydonlar ajratilib, turizmni rivojlantirishda ularning imkoniyatlarini ham to‘liq ro‘yobga chiqarish muhimligi ta’kidlandi.

Bo‘stonliq tumani, xususan, Chorvoq suv ombori atrofidagi qishloqlarda yangi dam olish maskanlari quriladi. Bu bilan shu yerda yashayotgan aholini ish bilan ta’minlash maqsadi ham ko‘zlangan.

Qayd etilishicha, Bo‘stonliq tumanida bo‘sh turgan va samarasiz foydalanilayotgan obyektlarni sotish orqali ular negizida turizm va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Xususan, 80 ga yaqin davlat obyektini xususiylashtirish rejalashtirilgan. Bu orqali turizm sohasida davlat ishtiroki qisqartiriladi va xususiy tadbirkorlik rivojlanadi. 15 mingtagacha yangi ish o‘rni yaratiladi. Raqobat kuchayishi hisobiga maqbul narx-navo shakllanadi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning 1-iyun kuni Toshkent viloyatiga tashrifi chog‘ida “Chorvoq” erkin turistik zonasida xalqaro dam olish maskanlari, Bildirsoy, Chimyon va Nanay hududlarida Fransiya kompaniyalari konsorsiumi ishtirokida tog‘-chang‘i kurorti barpo etish loyihalari bilan tanishgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют