» » “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda

“Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda


Toshkent viloyati Parkent va Bo‘stonliq tumanlarida tashkil etilgan “Parkent-farm” va “Bo‘stonliq-farm” erkin iqtisodiy zonalarida ayni paytda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda, deb yozadi O‘zA.

“Tumanimizning Qoraqalpoq mahallasi hududida dorivor o‘simliklar yetishtirish va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirish uchun 17 gektar yer maydoni ajratildi. Hududda umumiy qiymati 21 million dollardan ziyod bo‘lgan 7 ta istiqbolli loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu 250 ga yaqin ish o‘rni yaratish imkonini beradi”, — deydi “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi davlat unitar korxonasi rahbari J.Odilov.

Bo‘stonliq tumanidagi “Bo‘stonliq-farm” erkin iqtisodiy zonasida ham keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Tumandagi “Kichiksoy” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida dorivor o‘simliklar yetishtirish va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishga ihtisoslashgan loyihalar uchun 104,5 gektar yer maydoni ajratilgan.

Kelgusida “Bo‘stonliq-farm” erkin iqtisodiy zonasi hududida umumiy qiymati 46 million dollardan ortiq 4 istiqbolli loyiha amalga oshiriladi. Bu bilan 230 ga yaqin kishining doimiy bandligi ta’minlanadi.

Опубликовано: admin (3-11-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют