» » O‘zbekistonda dori vositalari ishlab chiqariluvchi erkin iqtisodiy zonalar tashkil etiladi

O‘zbekistonda dori vositalari ishlab chiqariluvchi erkin iqtisodiy zonalar tashkil etiladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjat matnini O‘zA keltirdi.

“Nukus-farm” EIZ, “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boysun-farm” EIZ, “Bo‘stonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:

dorivor o‘simliklar xomashyosini o‘ziga xos tabiiy sharoitlarda yetishtirish va keyinchalik qayta ishlash borasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanishni ta’minlash;

yuqori qo‘shilgan qiymatli zamonaviy farmatsevtika mahsulotlari va dori vositalarini ishlab chiqarishni, birinchi navbatda belgilangan tartibda tashkil etilgan plantatsiyalarda yetishtirilgan dorivor moddalar (substansiyalar) hamda dorivor o‘simliklar xomashyosi negizida tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini jalb etish;

dorivor o‘simliklar xomashyosini qayta ishlash va dori vositalari, tibbiyot buyumlari, yordamchi va qadoqlash materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zamonaviy ishlab chiqarish va quvvatlarni tashkil etish;

mustahkam kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish va erkin iqtisodiy zonalar tashkilotlari hamda respublikamizning boshqa korxonalari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida mahalliy dorivor o‘simliklar xomashyosi va materiallari negizida farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;

dorivor o‘simliklar xomashyosi introduksiya va kultivatsiyasini o‘rganish bo‘yicha tajriba-eksperimental laboratoriyalari bo‘lgan ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etish.

“Nukus-farm” EIZ, “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boysun-farm” EIZ, “Bo‘stonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZning faoliyat ko‘rsatish muddati, keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30-yilni tashkil qiladi;

faoliyat ko‘rsatish muddati mobaynida “Nukus-farm” EIZ, “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boysun-farm” EIZ, “Bo‘stonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ hududlarida alohida soliq, bojxona va valyuta rejimlari amal qiladi.

“Asaka” ATB va boshqa tijorat banklariga:

“Nukus-farm” EIZ, “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boysun-farm” EIZ, “Bo‘stonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ hududlarida amalga oshirish taklif etilayotgan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun, shuningdek, dorivor o‘simliklar xomashyosini yetishtirish bo‘yicha plantatsiyalar tashkil etish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fermer xo‘jaliklariga o‘z mablag‘lari hamda O‘zbekiston Respublikasining davlat kafolati berilmagan holda jalb etilgan xorijiy kredit liniyalari hisobiga kreditlar ajratish;

garov ta’minoti yetarli bo‘lmagan yoki mavjud bo‘lmagan hollarda investitsiya loyihalari tashabbuskorlariga texnologik uskunalar lizing asosida yetkazib berilishini ta’minlash tavsiya etildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlari hokimliklari bir oy muddatda belgilangan tartibda:

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda “Nukus-farm” EIZ, “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo-farm” EIZ, “Boysun-farm” EIZ, “Bo‘stonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ tarkibiga kiritish uchun tashqi muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasi bilan yaxshi ta’minlanganligini hisobga olgan holda yer uchastkalari chegaralari belgilanishini va ularning ajratilishini;

yer uchastkalarini aniqlash va keyinchalik ularni dorivor o‘simliklar xomashyosi yetishtirish bo‘yicha plantatsiyalar tashkil qilish uchun berilishini ta’minlaydi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-05-2017, 08:43)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют