» » Superliga. “Buxoro” so‘nggi daqiqalarda gol urib “Bunyodkor”dan ochko tortib oldi

Superliga. “Buxoro” so‘nggi daqiqalarda gol urib “Bunyodkor”dan ochko tortib oldi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Coca-Cola Superligasining qoldirilgan 9-turida “Buxoro” va “Bunyodkor” jamoalari 14-avgust, juma kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuv “Bunyodkor”ning qator hujumlari bilan boshlandi. 18-daqiqada toshkentliklar oldinga o‘tib olishi mumkin edi, biroq Shahboz Erkinov penaltini aniq amalga oshira olmadi. 22-daqiqada Islom Qobilov qanotdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘lim ham Vadim Abramov shogirdlarining nazorati ostida kechdi, biroq “qaldirg‘ochlar” vaziyatlarni golga aylantira olmadi. O‘yin oxirlab borayotgan bir vaqtda “Bunyodkor” darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi. Uni Jasur Hasanov golga aylantirdi.

“Bunyodkor” 17 ochko bilan 4-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, mavsumdagi uchinchi durangni qayd etgan “Buxoro” (3) so‘nggi o‘rindan bir pog‘ona yuqoriladi.

Coca-Cola Superliga

9-tur bahsi

14-avgust, juma

Gollar: 0:1 – 18 Qobilov, 1:1 – 79 Hasanov.

“Buxoro”: Zafar Safayev, Mirjalol Jumayev, Bobur Amanov, Anvar Jo‘rayev (Suhrob Ne’matov, 64), Jasur Hakimov (Izzatilla Abdullayev, 69), Zohir Pirimov (Behruz Sa’dulloyev, 73), Jasur Hasanov, Bekzod Saidov, Ergash Ismoilov, Aziz Amonov (Shahzod Beshimov, 73), Solibek Karimov.

“Bunyodkor”: Sarvar Karimov, Islom Qobilov, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Dilshod Ahmadaliyev, Lutfulla To‘rayev, Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov, Abdulla Abdullayev, Valeriy Akopov (Selim Nurmurodov, 55), Farrux Ikromov (Bahodir Pardayev, 84), Shahboz Erkinov (Mirjahon Mirahmadov, 55).

Ogohlantirishlar: Saidov (5), Solibek Karimov (11), Sarvar Karimov (78).

9-turdan so‘ng musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют