» » Talabalarga berilgan to‘lov-kontraktga 10 foiz chegirma stipendiyasiz miqdorga nisbatan hisoblanadi

Talabalarga berilgan to‘lov-kontraktga 10 foiz chegirma stipendiyasiz miqdorga nisbatan hisoblanadi


2020/2021-o‘quv yilida amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori uchun kunduzgi shaklda o‘qiydigan barcha talabalarga beriladigan 10 foizlik chegirma stipendiyasiz shakldagi to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan hisoblanadi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rasmiy vakilining ma’lumotiga tayanib, O‘zA xabar qilgan.

Avval pandemiya sharoitida aholining to‘lov qobiliyati pasayishini hisobga olib, farzandi to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan oilalarga yengillik yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi 2020/2021-o‘quv yilida amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori uchun kunduzgi shaklda o‘qiydigan barcha talabalarga 10 foiz chegirma berilishi ma’lum qilingandi.

To‘lov-kontraktga 10 foizlik chegirma faqat davlat oliy ta’lim muassasalariga taalluqli. Nodavlat yoki xususiy oliy ta’lim muassasalari, xususan, Vestminster, Inha, Turin politexnika, MDIS, Yodju, AKFA, TEAM, Vebster kabi OTMlar to‘lov-kontrakt miqdorini o‘zi mustaqil belgilaydi va ularda chegirma yoki boshqacha tarzdagi imtiyozlar berish tartibi boshqacha. Ushbu chegirma haqidagi e’lon ularga taalluqli emas.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov Oliy ta’lim muassasalarida 2020/2021-o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida OTMlarda 2020-yilda kontrakt miqdori o‘zgartirilmasligini, biroq kamayishi mumkinligini aytgandi.

2020-yilda O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga (OTM) bakalavriat bosqichiga 162 364 ta, magistraturaga 10 425 ta o‘rin ajratilgan. Kirish imtihonlari ikki smenada respublika bo‘yicha tanlab olingan 155 ta stadionning 40 tasida o‘tkaziladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 67) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют