» » Angliya Premyer Ligasi 2019/20-yilgi mavsumining eng yaxshi yosh o‘yinchisi aniqlandi

Angliya Premyer Ligasi 2019/20-yilgi mavsumining eng yaxshi yosh o‘yinchisi aniqlandi


“Liverpul” himoyachisi Trent Aleksander-Arnold Premyer Liga 2019/20-yilgi mavsumining eng yaxshi yosh o‘yinchi nomiga loyiq ko‘rildi.

Sovrin mavsumdagi natijalar asosida 23 yoshdan kichik futbolchilarga topshiriladi.

Trent liga 2019/20-yilgi mavsumida 14 ta golli uzatma amalga oshirdi. Faqat “Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne assistlar borasida Aleksander-Arnolddan yaxshiroq natija qayd etdi. Shu bilan birga yosh himoyachi “Liverpul” bilan 12 ta quruq o‘yin o‘tkazdi.

Merseyside's Finest™?@trentaa98 is your @TAGHeuer Young Player of the Season ????#PLAwards pic.twitter.com/70VFJAV0de

— Premier League (@premierleague) August 14, 2020

21 yoshli futbolchi so‘rovnomada Jek Grilish (“Aston Villa”), Meyson Grinvud, Antoni Marsyaly, Markus Reshford (barchasi – “Manchester Yunayted”), Din Henderson (“Sheffild Yunayted”), Meyson Maunt va Kristian Pulishichdan (ikkisi – “Chelsi”) o‘zib ketdi.

Eng yaxshi yosh o‘yinchini tanlash muxlislar, 20 ta klub sardorlari va futbol ekspertlari o‘rtasida o‘tkazilgan ovoz natijalari asosida amalga oshirildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-08-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 51) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют