» » O‘zbekistonda 14-avgust kuni 694 kishida koronavirus aniqlandi. Davolanish ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord o‘rnatildi

O‘zbekistonda 14-avgust kuni 694 kishida koronavirus aniqlandi. Davolanish ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord o‘rnatildi


O‘zbekistonda 13-avgust soat 23:30 dan 14-avgust soat 23:30 gacha koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 694 ta holat qayd etildi. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 34017 nafarga yetdi.

Yangi kasallangan 694 kishining 667 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:

Shuningdek, O‘rtasaroy karantin markazida xorijdan kelgan 27 nafar fuqaro orasida COVID-19 aniqlangan.

Kun davomida 11 ta hududda yangi kasallanish holati qayd etildi. 3-avgustdan beri birinchi marta bir kunda kasallik aniqlangan hududlar soni 10 tadan oshdi.

Toshkent shahrida 404 kishida koronavirus aniqlandi. Avgust oyining ortda qolgan 14 kuni ichida Toshkentda eng kam kasallik aniqlangan kunda (2-avgust) 325 kishida, eng ko‘p kasallik aniqlangan kunda (9-avgust) 509 kishida COVID-19 qayd etildi. 1—14-avgust oralig‘ida poytaxtda (karantin zonasida aniqlangan holatlarni hisobga olmasa) 5891 ta yangi holat aniqlandi.

Toshkent viloyatida 159 kishida COVID-19 qayd etildi. Viloyatda 23-iyuldan boshlab har kuni kasallikka chalinish holatlari qayd etilmoqda, 26-iyuldan beri esa har kuni koronavirusga chalinganlar soni 100 nafardan oshmoqda (ikki marta 200 tadan ham oshdi). Avgust oyining 14 kuni ichida Toshkent viloyatida (karantin zonasida aniqlangan holatlarni hisobga olmasa) 2161 kishida koronavirus aniqlandi. Toshkent viloyati koronavirusga chalinganlar soni 5000 nafardan oshgan ikkinchi hudud bo‘ldi. Viloyatdagi kasallanganlarning umumiy soni 5156 nafarga teng.

SSV kun davomida Toshkent shahrida 5 nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi. Ulardan 4 nafari erkak, 1 nafari ayoldir. Bir kun avval 4 ayol va 1 erkak vafot etgani haqida axborot berilgandi.

Birinchi o‘lim. Shayxontohur tumanida yashagan 71 yoshli M.O. ismli erkak vafot etgan.

Ikkinchi o‘lim. Yakkasaroy tumanida yashagan 51 yoshli U.P. ismli erkak vafot etgan.

Uchinchi o‘lim. Olmazor tumanida yashagan 72 yoshli A.Ya. ismli erkak vafot etgan.

To‘rtinchi o‘lim. Yakkasaroy tumanida yashagan 36 yoshli F.R. ismli erkak vafot etgan.

Beshinchi o‘lim. Yunusobod tumanida yashagan 59 yoshli S.M. ismli ayol vafot etgan.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 221 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 230 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov 58 yoshida vafot etgani xabar berildi. Biroq ushbu to‘qqiz holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 5 135 nafar bemordan 1 289 nafari og‘ir, 362 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

14-avgust kuni O‘zbekistonning 10 ta hududida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 1448 nafari sog‘aydi. Ketma-ket to‘rtinchi kun davolanganlar soni 1000 nafardan ortiq bo‘lmoqda. 12-avgust kuni 1569 nafar bemor sog‘ayib, rekord o‘rnatilgandi.

Yangi tuzalganlarning

Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga aniqlik kiritilmagan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 34 017 nafar bemordan 28 661 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 84 foizni tashkil etmoqda. Bir kun avval davolanish ko‘rsatkichi 82 foizga yetib, yozning eng yaxshi natijasi qayd etilgandi. Endi esa epidemiya mavsumi davomidagi eng yaxshi natija qayd etilib, yangi rekord o‘rnatildi. 82 foizlik ko‘rsatkich may oyida ham 3 marta takrorlangan, biroq undan yuqori ko‘rsatkichga hech qachon chiqilmagandi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют