» » Ilgari bunday salbiy holatlar OAV tomonidan keng yoritilmasdi. Polat Bobojonov IIV xodimlarining noqoqnuniy xatti-harakatlari haqida

Ilgari bunday salbiy holatlar OAV tomonidan keng yoritilmasdi. Polat Bobojonov IIV xodimlarining noqoqnuniy xatti-harakatlari haqida


Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Polat Bobojonov OzA muxbiri bilansuhbatdaxodimlar tomonidan fuqarolarning huquqlarini buzish, ularga tazyiq otkazishning oldini olishga qaratilgan choralar haqida gapirib berdi.

Vazirning takidlashicha, shu yil 30-mayda Andijon shahrida, yanvar oyida Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar kechirib bolmas holatdir. Bu tizim shaniga katta dog tushirgan.

Ularning xatti-harakati xalqning keng muhokamasiga, ichki ishlar organlariga nisbatan salbiy fikrlar shakllanishiga va tizimda halol ishlayotgan minglab xodimlar mehnatini puchga chiqarishga sabab boldi.

Barchaning etiborini shunga qaratmoqchimanki, agar ichki ishlar bolimiga olib kelingan shaxsga nisbatan jarohat yetkazilganligi aniqlansa, bu favqulodda hodisa sifatida baholanadi. Zudlik bilan ishchi guruh tuzilib, voqeaning barcha tafsilotlari organiladi.

Ilgari bunday salbiy holatlar ommaviy axborot vositalari tomonidan keng yoritilmasdi, aholi xabardor etilmasdi va bu bizning faoliyatimizga xolis baho berishga qaysidir manoda tosqinlik qilardi.

Ichki ishlar organlari xodimlari orasida, afsuski, ozinikini togri deb bilib, notogri yoldan borayotgan, oz manfaatlarini xalq manfaatlaridan ustun qoyadigan, adashgan xodimlar ham uchramoqda. Bundaylarni aniqlab, tizimdan boshatyapmiz, ularning rahbarlariga nisbatan intizomiy choralar koryapmiz, deydi vazir.

Uning aytishicha,2020-yilda bevosita vazirlikning oz xavfsizligi xizmati xodimlari tashabbusi bilan fuqarolarni noqonuniy ushlab, zoravonlik qilish bilan bogliq 5 holat aniqlanib, ularga nisbatan qonuniy chora korish uchun materiallar prokuratura idoralariga yuborilgan.

Shu yilning otgan davrida ichki ishlar vaziri, vazir orinbosarlari, vazirlikning sohaviy xizmatlari rahbarlarining har biri joylarda 2-3marta eng quyi boginda xizmat qilayotgan safdor xodimlargacha bolgan darajadagi shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy-profilaktik yigilishlar otkazgan.

Tadbirlarning yakuni boyicha xizmat intizomini buzuvchi 822 nafar xodimning xatti-harakatlari mehnat jamoalari va xodimlarning oila azolari va ota-onalari ishtirokida korib chiqildi. Natijada 173 nafari tizimdan boshatildi, 114 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etildi, 65 nafar rahbarlar rotatsiya qilinib, boshqa lavozimlarga otkazildi.

Shu bilan bir qatorda ozining kundalik xizmat faoliyati davomida boshqalarga namuna bolib kelayotgan xodimlarning ota-onalariga minnatdorchilik bildirilib, tashakkurnomalar elon qilindi.

Fuqarolarning haq-huquqlari poymol qilinishiga yol qoymaslik maqsadida barcha ichki ishlar organlarida jami 473 ta alohida maxsus xona tashkil etildi. Hozirda ularning barchasi uzluksiz ishlaydigan video va ovoz yozish moslamalari bilan taminlangan.

Endilikda ichki ishlar organlariga olib kelingan har bir fuqaro bilan faqat shu xonada suhbat otkazilishi va soroq qilinishi hamda ushbu jarayon videokameralarga uzluksiz yozib olinishi qatiy belgilab qoyildi. Bu ishlar uchun joylardagi ichki ishlar organining birinchi rahbari va tergov bolimi boshligi shaxsan masul etib belgilanib, jarayon qattiq nazoratga olindi.

Bugungi kunda amaliyotda uchrayotgan muammolar hamda xorijiy davlatlarning ilgor tajribalarini organish natijasida, tergov sifatini oshirish maqsadida yosh tergovchilarni kamida ikki oy davomida sud amaliyotini otash tartibi joriy etilmoqda. Natijada tergovchi sud muhokamasida yuzaga kelayotgan muammoli vaziyatlarni oz kozi bilan korib, kelgusida tergovni har tomonlama, tola va xolisona olib borishda etiborga olishi lozim bolgan barcha jihatlarga alohida etibor qaratadi. Muhimi, mazkur amaliyot protsess ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini toliq taminlash uchun zamin yaratadi.

Polat Bobojonov, ichki ishlar vaziri

Eslatib otamiz,2020-yil 13-iyunda Andijonda qiynoqqa solingan fuqaro vafoti sabab 3 nafar IIB xodimihibsga olingan, voqea 30-maydaAndijon shahar Salohiyat kochasida yashovchi fuqaro A.A. tan jarohatlari bilan kasalxonaga olib kelinishidan boshlangan. Fuqaro 11-iyunda vafot etgan. 14-iyun kuniAndijon viloyati Andijon shahar boyicha ichki ishlar organlari (IIO) faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (FMB) boshligi podpolkovnik Sodiq Usmonov mazkur voqea sababishdan olindi. KeyinroqIIBda besh kishi ishdan olingani va19 kishi jazolanganimalum qilindi. Bosh prokuratura ayni ish doirasida olib borilayotgan tergov harakatlari davomida 27-iyun kuni jinoyatga aloqador deb topilgan yana ikki kishi 4-sonli IIB boshligi podpolkovnik P.Mamajonov hamda mazkur bolim jinoyat-qidiruv guruhining yana bir tezkor vakili ham qamoqqa olinganini malumqilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (15-08-2020, 12:11)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 9) ( 0) ( 8) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -