» » Janubiy Koreyada bir sutkada 166 kishida COVID-19 aniqlandi. Bu so‘nggi besh oy ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich

Janubiy Koreyada bir sutkada 166 kishida COVID-19 aniqlandi. Bu so‘nggi besh oy ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich


Janubiy Koreyada o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 166 ta holat qayd etildi. Mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 15 039 kishiga yetdi. Bu haqda Janubiy Koreya Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklar profilaktikasi va nazorati markaziga tayanib, “TASS” xabar berdi.

So‘nggi bir sutka ichida aniqlangan kasallanish holatlari mamlakatda 11-martdan buyon qayd etilgan maksimal ko‘rsatkich hisoblanadi. O‘shanda bir sutkada 242 kishida COVID-19 aniqlangan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining aksariyati Suelda (72) hamda unga qo‘shni Kyongido provinsiyasida (67) aniqlangan. Virus qurbonlari soni o‘zgarishsiz qolgan, oldingidek 305 kishi, o‘lim darajasi — 2,03 foiz. Shuningdek, 38 kishiga shifoxonadan ruxsat berilgan bo‘lib, hozirga qadar 13 901 kishi sog‘aygan.

Janubiy Koreya hukumati avvalroq mamlakatda pandemiyaning ikkinchi to‘lqini boshlanganini ma’lum qilgandi. Kasallar sonining ortishi fonida profilaktika choralari kuchaytirilgan. Xususan, uch darajali karantin tadbirlari tizimi, shuningdek, jamoat joylariga tashrif buyuruvchilarni QR-kod yordamida ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi ishga tushirilgan.

Iyul oyida mamlakat hukumati Koreyaga keluvchi xoriliklarga COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlanmagani to‘g‘risida sertifikat taqdim etishni majburiy qilib qo‘ygan. Hozircha bu kabi cheklovlar olti mamlakat fuqarolari, jumladan, Bangladesh, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Pokiston aholisiga tegishli.

Avvalroq KXDR hukumati Kesondagi karantin rejimini bekor qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 63) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют