» » Belarusda hibsga olingan “Vagner” guruhi jangarilari Rossiyaga qaytdi

Belarusda hibsga olingan “Vagner” guruhi jangarilari Rossiyaga qaytdi


Iyul oyi oxirida Belarusda hibsga olingan “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasining 32 nafar a’zosi, Rossiya fuqarolari mamlakatga qaytdi. Bu haqda Rossiya Bosh prokuraturasi xabar bergan.

Yana bir nafar rossiyalik Belarusda qolgan, sababi u ushbu mamlakatning ham fuqarosi hisoblanadi.

“Interfaks” agentligining o‘z manbasiga tayanib yozishicha, Rossiyaga qaytgan fuqarolarga nisbatan jinoiy yoki protsessual choralar ko‘rilmaydi. Agentlikning suhbatdoshi ortga qaytgan rossiyaliklar koronavirus tufayli ikki hafta karantinda bo‘lishini bildirgan.

Belarus hukumati qo‘lga olinganlarni “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasining jangarilari ekanini qayd etgandi. Rossiyalik diplomatlar ularning Belarusga transit bilan shartnoma asosida borib qolgan qo‘riqlash firmasining xodimlari ekanini ta’kidlagan.

Hibsga olinganlarni topshirishni Ukraina hukumati ham so‘ragandi. Ukraina xavfsizlik kengashining ma’lumotiga ko‘ra “vagnerchilarning” ayrimlari Donbassdagi harbiy harakatlarda ishtirok etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют