» » JICA ko‘magida 19 nafar o‘zbekistonlik Yaponiyaning yetakchi universitetlariga o‘qishga yuboriladi

JICA ko‘magida 19 nafar o‘zbekistonlik Yaponiyaning yetakchi universitetlariga o‘qishga yuboriladi


“O‘zbekiston Respublikasi vakillarining o‘qishini tashkil etish uchun Yaponiya hukumati grantidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ko‘magida O‘zbekiston vakillarining 2020—2021-yillarda Yaponiya yetakchi universitetlari magistraturasi va doktoranturasida o‘qishi uchun Yaponiya hukumati tomonidan 263 million yapon iyenasi (2,48 million AQSh dollari ekvivalentida) miqdorida grant ajratilgan.

Grantlar asosida o‘qish uchun (magistraturada 18 nafar va doktoranturada 1 nafar) talabgorlar davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida mehnat qilayotganlar orasidan tanlab olinadi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga Yaponiya tomoni bilan kelishgan holda loyihani amalga oshirish doirasida grant olish va unga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni rasmiylashtirish yuklatildi.

Ma’lumot uchun, JICAning “Kadrlar tayyorlash uchun stipendiyalar taqdim etish loyihasi” doirasida o‘tgan 2 yil davomida 34 nafar O‘zbekiston vakili Yaponiyaning yetakchi universitetlariga o‘qishga yuborildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют