» » Xakasiyada mingrantlar orasida terrorchilikni targ‘ib qilgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Xakasiyada mingrantlar orasida terrorchilikni targ‘ib qilgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi


Rossiya tarkibida bo‘lgan Xakasiya respublikasining Abakan shahrida O‘zbekiston fuqarosi mingrantlar orasida terrorchilikni targ‘ib qilganlikda gumonlanmoqda.

“TASS”ning xabar berishicha, unga nisbatan Rossiya Jinoyat kodeksining 205-2-moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

“Ushbu shaxs terrorchilik tashkiloti uyasini tuzish maqsadida terrorizmni ommaviy ravishda oqlashga va mehnat muhojirlari orasida ‘O‘zbekiston islom harakati’ yetakchilari faoliyatini targ‘ib qilishga qaratilgan bayonotlarni tarqatgan”, — deyiladi xabarda.

Gumonlanuvchi aybiga iqror bo‘lgan. Undan terrorizmni targ‘ib qiluvchi materiallar va elektron aloqa vositalari olib qo‘yilgan.

Avvalroq Ukraina poytaxti Kiyev shahrida bank bo‘limini egallab olib, uni portlatish bilan tahdid qilgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingani xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 11) ( 0) ( 10) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют