» » Har qanday yoshda xotirani mustahkamlovchi 8 ta tabiiy mahsulot

Har qanday yoshda xotirani mustahkamlovchi 8 ta tabiiy mahsulot


Xotiraning sustlashishi — qarish jarayoni boshlanganining eng birinchi belgisidir. Ko‘pincha bu belgi 30 yoshgacha paydo bo‘ladi. Cosmopolitan aynan shu masalada mutaxassislardan javob oldi.

2011—2015-yillar davomida 58-98 yoshli insonlar orasida tadqiqot olib borildi. Ularga turli xil savollar berildi, parhezi kuzatildi va shu orqali xotira sinovi o‘tkazildi.

Tadqiqotda haftada bir marotaba fastfud yeguliklari, go‘sht kun ora va undan ham kamroq, shirinlik haftada 5 marta va undan ham kamroq iste’mol qilgan insonlar yaxshi natija ko‘rsatdi. Bundan tashqari, ular sariyog‘ va margarin iste’molini kamaytirgan. Asosan zaytun yog‘idan foydalangan. Demak, salomatlikni asrash uchun nafaqat to‘g‘ri ovqatlanish, balki keraksizlarini chiqarib tashlash lozim.

Rezavorlar

Tavsiya etiladi: haftada 2 marta

Me’yori: 150 gr

Qulupnay, malina — har qanday rezavorlar tavsiya etiladi. Ular antioksidantlarga boy bo‘lib, nafaqat xotira, balki butun tanaga foydali hisoblanadi.

Ko‘kat va karam

Tavsiya etiladi: har kuni

Me’yori: 50 gr

Salat bargi, ukrop, maydanoz (petrushka), qalampir — folat kislotalariga boy hamda demensiya xavfini kamaytiradi. Ma’lumot uchun, demensiya kasalligiga chalingan insonlarda aql-zakovati uchun xos bo‘lgan barcha ruhiy funksiyalar sustlashib boradi. Xotiraning barcha turlari — eshitish, ko‘rish va harakat xotiralari buziladi. Masalan, biror gapni gapirayotib ham unutib qo‘yish mumkin. Demensiyani qisqacha qilib “tafakkur buzilishi” deyishadi.  Brokkoli va brussel esa organizmga toksinlarni chiqarib yuborishda yordam beradi.

Don mahsulotlari

Tavsiya etiladi: haftada 3 marta

Me’yori: 100 gr

Fasol, loviya, no‘xat va mosh oqsillarga boy bo‘lib, kognitiv ish faoliyatini yaxshilaydi.

Non mahsulotlari

Tavsiya etiladi: haftada 3-4 marta

Me’yori: 100-150 gr makaron yoki bo‘tqa, 2 bo‘lak non

Shifokorlar modda almashinuvi uchun zararli bo‘lgan guruch, makaron mahsulotlari tarkibida bo‘luvchi oddiy uglevodlarni qisqartirish kerakligini ta’kidlaydi.

Kurka va tovuq go‘shti

Tavsiya etiladi: haftada 2-3 marta

Me’yori: 150 gr

Yog‘li go‘sht o‘rniga juda yaxshi o‘ribosar. Yog‘ga kam to‘yingan, lekin oqsilga boy.

Baliq go‘shti

Tavsiya etiladi: haftada 2 marta

Me’yori: 100-150 gr

Baliq tarkibida omega-3 yog‘ kislotasi mavjud, bu esa alsgeymer kasalligi xavfini kamaytiradi.

Yong‘oqlar

Tavsiya etiladi: haftada 5 marta

Me’yori: 30 gr

Har qanday yong‘oq va yong‘oq yog‘i (shakari kam bo‘lishiga qarang) ham foydali, yong‘oq polifenolaga boy, demensiya kasalligining oldini oladi.

Zaytun yog‘i

Uni har qanday yog‘ning o‘rniga ishlatish kerak, ayniqsa qovurma taomlarda. Ulardan “Extra virgin” nomi ostidagisidan foydalangan afzal.

 Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют