» » Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, plastik jarroh ko‘p vaqt niqob taqib yurish yuz terisiga qay darajada ta’sir etishiga izoh berdi

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, plastik jarroh ko‘p vaqt niqob taqib yurish yuz terisiga qay darajada ta’sir etishiga izoh berdi


Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, plastik jarroh Shuhrat Boymurodov dokadan yoki paxta matosidan qilingan tibbiy niqoblar yuz terisiga hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Telegram’dagi “Shifobaxsh” kanalida xabar berildi.

Toshkent tibbiyot Akademiyasi professori Shuhrat Boymurodovning ma’lum qilishicha, tibbiy niqobning yuz terisiga qay darajada ta’sir etishi avvalo uning qanday matodan tayyorlanganiga bog‘liq.

“Ko‘p foydalanayotgan tibbiy niqoblarimizning aksariyati sintetika matosidan tayyorlangan. Birinchidan, sintetika havo o‘tkazmaydi. Ikkinchidan, og‘iz bo‘shlig‘idagi terilarni qichitadi, allergiya chaqirishi ham mumkin. Shuning uchun har ikki soatda almashtirish tavsiya etiladi. Dokadan yoki paxta matasidan tayyorlangan tibbiyot niqoblaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Birinchidan teriga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Ikkinchidan, havoni yaxshi o‘tkazadi. Uchinchidan ularni yuvib, dazmollab yana qayta ishlatish mumkin. Shuning uchun tibbiyot nuqtayi nazaridan tabiiy paxtadan qilingan niqoblarga ruxsat beriladi”, — dedi mutaxassis.

Professorining ta’kidlashicha, uzoq vaqt tibbiy niqob taqishdan keyin hosil bo‘ladigan izlar, qizarish yoki ko‘karish holatlari yuz terisiga hech qanday ta’sir qilmaydi.

“Zararlangan teri qayta tiklanib, o‘z holatiga yana qaytadi, asorati qolmaydi. Yuz terisi qo‘l terisidan farq qiladi. Sababi yuz terisi yupqaroq bo‘ladi ya’ni tez shimuvchi. Niqobdan qolgan izlar yoki boshqa holatlari yo‘qotish maqsadida geldan foydalanishda uning tarkibi, yuzning quruq yoki yog‘ligiga ham e’tibor berish lozim”, — dedi u.

Respublika maxsus komissiyasi 15-avugstdan O‘zbekistonda karantin choralari yumshatilayotgani munosabati bilan fuqarolarga murojaatida jamoat joylarida niqob taqib yurish, ijtimoiy masofani saqlash, qo‘llarni muntazam yuvish va antiseptik gigiyena vositalaridan doimiy foydalanishga chaqirgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 23-martdan e’tiboran ommaviy tadbirlar, xususan, to‘y-marosimlarning o‘tkazilishi taqiqlangan edi. Ushbu taqiqdan so‘ng to‘y marosimlarini o‘tkazishga uringanlarga nisbatan hatto jinoyat ishi ham qo‘zg‘atildi. Mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashib, nisbatan nazorat ostiga olingach, Respublika maxsus komissiyasining 30-maydagi qarori bilan “yashil” toifaga kiritilgan hududlarda oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazishga ruxsat berildi.

Mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keskinlashayotgani sababli 10-iyuldan boshlab mamlakatda to‘ylarni o‘tkazish yana taqiqlangandi. O‘zbekistonda karantin yumshatilishi asnosida, 15-avgustdan boshlab 30 kishilik to‘ylar o‘tkazilishiga, mahalliy avia va temiryo‘l qatnovlariga ruxsat berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-08-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют