» » Shahram G‘iyosov tajribali raqibini nokautga uchratib, professional boksdagi 10-g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Shahram G‘iyosov tajribali raqibini nokautga uchratib, professional boksdagi 10-g‘alabasini qo‘lga kiritdi


Professional boksning super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Shahram G‘iyosov (10-0, 8 KO) Toshkent vaqti bilan 16-avgust tongida nikaragualik Uiston Kamposga (31-8-6 , 19 KO) qarshi ringga ko‘tarildi.

O‘zbekistonlik bokschi uchinchi raundning so‘nggi soniyalarida raqibining qorin qismiga kuchli zarba berdi va Kamposni nokautga uchratdi.

Shu tariqa Shahram professional boksdagi o‘ninchi jangida 10-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Aslida Shahram meksikalik Fransisko Roxoga qarshi jang qilishi lozim edi. Ammo Roxoda koronavirus aniqlangani sabab, unga raqib sifatida Kampos tanlangan.

Jang videosini quyidagi havola orqali tomosha qilish mumkin ? HAVOLA.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 06:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют