» » Lukashenkoning atrofidagi odamlar Kreml bilan gaplashib, Rossiyaga qochib ketish imkoniyatini muhokama qilgani malum boldi

Lukashenkoning atrofidagi odamlar Kreml bilan gaplashib, Rossiyaga qochib ketish imkoniyatini muhokama qilgani malum boldi


Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko atrofidagi ayrim odamlar Kremldagi aloqalari bilan boglanib, mamlakatda hukumat tontarishi sodir bolsa, Rossiyaga qochib chiqish imkoniyatini muhokama qilgan. Bu haqda Bloomberg agentligi ozining Moskvadagi ikkita manbasiga tayanib malum qildi.

Lukashenkoning ozi 14-avgust kuni mamlakatni tark etishi mumkinligi togrisidagi taxminlarni rad etgan. Men hozircha tirikman va xorijda emasman, ayrim hurmatli aqllilar prezident mamlakat tark etib, xorijda yuribdi, degan gap-soz tarqatmoqda, deydi u Minskda otkazilgan yigilishda.

15-avgust kuni Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashgan. Kremlning malum qilishicha, prezidentlar Belarusda yuzaga kelgan muammolar tez orada bartaraf etilishiga umid bildirib, ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash niyatlarini tasdiqlaganlar.

Mavzuga doir:

Eslatib otamiz,Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovibolib otdi.Saylov kuni Minsk markazida harbiy texnikapaydo boldi. Belarus militsiyasi saylov uchastkalari oldida toplangan odamlarniqolga oldi. Saylov kuni oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlariochilmay qoldi. PoytaxtMinskda prezident saylovidan keyinnorozilik namoyishi boshlandi. Shundan buyonmamlakatdanorozilik namoyishlariva namoyishchilarniqollab-quvvatlashuchunchiqishlardavom etmoqda.

Aleksandr Lukashenkodan tashqari, prezidentlikka nomzodlarning barchasi saylov natijalaridan noroziligini bildirib, mamlakat Markaziy saylov komissiyasigashikoyat kiritgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (16-08-2020, 17:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 4) ( 2)
:
-
:
20 ... -