» » O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar soni karantin kuchaytirilgungacha bo‘lgan ko‘rsatkichga tushdi

O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotganlar soni karantin kuchaytirilgungacha bo‘lgan ko‘rsatkichga tushdi


O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 35109 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

15-avgust soat 23:30 dan 16-avgust soat 17:00 gacha 408 kishida koronavirus qayd etildi. Yangi holatlarning barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:

Shuningdek, kun davomida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 621 nafari sog‘aydi.

Jumladan:

Farg‘ona viloyatida — 3 nafar bemor kasallikdan forig‘ bo‘ldi.

O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlar soni 30664 nafar (87 foiz)ga yetdi.

Hozirda 4215 nafar bemor koronavirusdan davolanmoqda. 29-iyul kuni bemorlar soni 9500 dan ortiq edi. 30-iyuldan boshlab davolanayotgan bemorlar soni kamaya boshladi. Eslatib o‘tamiz, 10-iyuldan O‘zbekistonning barcha hududlari “qizil” hududga tenglashtirilib, karantin cheklovlari kuchaytirilgandi. 9-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra esa koronavirusdan davolanayotganlar soni 4226 nafarni tashkil etgandi. Bu davolanishdagi bemorlar soni karantin cheklovlari kuchaytirilishidan avvalgi ko‘rsatkichga tushganini anglatadi.

Ammo 10-iyuldan hozirgacha, SSV hisobi bo‘yicha, COVID-19 asoratlari oqibatida 179 kishi vafot etdi. Koronavirusning O‘zbekistondagi barcha qurbonlari SSV hisob-kitobiga ko‘ra 230 nafarga, “Daryo” hisobi bo‘yicha esa 239 kishiga yetdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют