» » Odam immuniteti tanqisligi virusi bilan yashayotgan inson har qanday infeksiyaga moyil bo‘ladi — Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi

Odam immuniteti tanqisligi virusi bilan yashayotgan inson har qanday infeksiyaga moyil bo‘ladi — Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi


Odam immuniteti tanqisligi virusi (OIV) bilan yashayotgan insonlarda virusli yuklamalar turli xil asoratlarga olib kelishi mumkin. Bu haqda 16-avgust kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, Toshkent tibbiyot akademiyasi prorektori Shuhrat Boymurodov ma’lum qildi.

“OIV bilan yashayotgan insonlar, kasallikni o‘tkazib yuborganlar, CD4 darajasi va virusli yuklamalari past bo‘lganlar, shuningdek, antiretrovirus davosini olmayotganlar har qanday infeksiyaga moyil bo‘lib, asoratlarga olib keladi”, – dedi professor Boymurodov.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2019-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra, OITSga chalinganlar soni 42 098 nafarni tashkil etgan. 2019-yilning 10 oyi davomida mamlakatda OITSga chalinish bo‘yicha 3 337 ta holat aniqlangan, shu jumladan, erkaklar orasida 1919 ta (57,7 foiz) va ayollar orasida 1418 ta holat (42,5 foiz). O‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda bu ko‘rsatkich 69 taga yoki 1,8 foizga pasaygan. OITSning onadan yangi tug‘ilgan chaqaloqqa o‘tish holati 2013-yildagi 2,3 foizdan 2018-yilda 0,3 foizga kamaygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 131) ( 0) ( 129) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют