» » Yangiyo‘lda tibbiyot xodimida koronavirus aniqlangani haqidagi xabarlarga izoh berildi

Yangiyo‘lda tibbiyot xodimida koronavirus aniqlangani haqidagi xabarlarga izoh berildi


Yangiyo‘l tumandagi ko‘p tarmoqli markaziy shifoxona xodimida COVID-19 virusi aniqlangan. Bu haqda 27-aprel kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov aytib o‘tdi.

Brifingda Yangiyo‘l aholisi shahar ko‘p tarmoqli markaziy shifoxonasida koronavirus aniqlangani to‘g‘risidagi xabarlardan bezovta bo‘layotgani sababli holat yuzasidan rasmiy xabar berish so‘raldi.

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilovning ma’lum qilishicha, haqiqatan, 22-aprel kuni Yangiyo‘l tuman ko‘p tarmoqli markaziy shifoxonasidagi o‘rta tibbiy xodimda COVID-19’ga test tekshiruvida musbat natija tasdiqlangan.

“Tartib-qoidalarga ko‘ra, ko‘p tarmoqli shifoxonaning 198 nafar xodimi va ular bilan aloqada bo‘lganlar O‘rta Chirchiqdagi karantin shaharchasiga kuzatish uchun joylashtirildi”, — dedi u.

Shtab a’zosining qo‘shimcha qilishicha, Yangiyo‘l shahar markazi va shifoxona shifokor, bemorlari bilan birga yopilgani, koronavirus aniqlangan shifokorlarni eski sana bilan mehnat ta’tiliga rasmiylashtirilgani haqidagi gaplar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 27-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1887 nafarga yetdi. Kasallikka chalingan bemorlarning sakkiz nafari vafot etgan, 789 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-04-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют