» » SSV Toshkentdagi 3-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimlarining murojaati yuzasidan izoh berdi

SSV Toshkentdagi 3-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimlarining murojaati yuzasidan izoh berdi


Sog‘liqni saqlash vazirligi internetda Toshkent shahar 3-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimlarining muassasa faoliyatini qayta tiklash va tegishli to‘lovlarni to‘lab berish bilan bog‘liq murojaati yuzasidan mazkur shifoxonadagi vaziyat o‘rganilganini xabar qildi.

Xabarga ko‘ra bosh vaziri o‘rinbosari, Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Behzod Musayev ham o‘rganishda bevosita ishtirok etgan. Musayev tibbiyot xodimlari bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘lib, vaziyatga oydinlik kiritgan.

Vazirlik axborotiga ko‘ra, 3-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasi xodimlar Zangiota tumanida 2 807 o‘rinlik yangi ochilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasiga jalb qilinganligi tufayli o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan.

Shuningdek, SSV 3-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasining 243 nafar tibbiyot xodimi Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 6-iyuldagi 32-sonli bayoniga asosan Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga safarbar etilganini ma’lum qilgan. Qayd etilishicha, muassasa ishga tushganidan keyin birinchi 14 kunlik navbatda ushbu shifoxonadan 63 nafar xodim (shifokor, o‘rta va kichik tibbiy xodimlar), 21-iyuldagi ikkinchi 14 kunlikka 16 nafar xodim ishga chaqirilgan. 5-avgustdagi uchinchi 14 kunlik navbatda ishlash istagida bo‘lgan 53 nafar xodim jalb qilingan.

“O‘rganishlarda tibbiyot xodimlarining barcha talablari qondiriladigan bo‘ldi. Xususan, epidemik vaziyatning barqarorlashayotgani inobatga olinib, aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish maqsadida Toshkent shahar 3-sonli yuqumli kasalliklar shifoxonasi faoliyati qayta tiklanib, xodimlar ish jarayoniga qaytarilishi belgilandi. Shunga ko‘ra, ushbu shifoxona ochilib, 15-avgustdan boshlab bemorlarni qabul qila boshladi.

Bundan tashqari, karantin sabab ish jarayonidan uzilib qolgan xodimlarga qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan tartibda asosiy lavozim maoshidan kam bo‘lmagan miqdorda ish haqi ham to‘liq to‘lab berildi. Qolaversa, Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida ishlash istagini bildirgan xodimlarning murojaatlarini tegishli tartibda ko‘rib chiqish bo‘yicha kerakli topshiriqlar berildi”, – deyiladi vazirlik bayonotida.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-08-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют