WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Zubayra Tuxugovning Hakim Douduga qarshi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Zubayra Tuxugovning Hakim Douduga qarshi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Rossiyalik yakkakurashchi Zubayra Tuxugov UFC 253 musobaqasida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.
29 yoshli yakkakurashchiga kanadalik Hakim Doudu raqiblik qilishi avvalroq ma’lum bo‘lgandi.
UFC 253 musobaqasi Toshkent vaqti bilan 27-sentabr tongida bo‘lib o‘tadi.
29 yoshli Tuxugov so‘nggi jangida Kevin Agilarni birinchi raundda nokautga uchratgandi. Kanadalik sportchi esa ketma-ket to‘rt jangdan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda.
UFC 252 musobaqasidagi barcha janglarni tomosha qiling (video)
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?