» » Tramp AQShda Alibaba faoliyatiga taqiq joriy etishi mumkinligini ma’lum qildi

Tramp AQShda Alibaba faoliyatiga taqiq joriy etishi mumkinligini ma’lum qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp TikTok videoservisiga egalik qiluvchi ByteDance’ning ortidan Xitoyning Qo‘shma Shtatlarda faoliyat yuritayotgan boshqa kompaniyalariga ham bosim o‘tkazilishi mumkinligini inkor etmadi. Bu haqda u Oq uyda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

U jurnalistlarning hukumat Alibaba korporatsiyasiga qarshi cheklovlar joriy etishni rejalashtirayotgani to‘g‘risidagi savollarga ishonchli javob qaytargan. “Ha, biz boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqmoqdamiz”, — degan Tramp.

Prezident Xitoyning Huawei kompaniyasiga nisbatan joriy etilgan cheklovlar haqida eslatib o‘tgan va ularni bekor qilish niyatida emasligini bildirgan. “Huawei bu yerga kelmaydi”, — deya qo‘shimcha qilgan AQSh prezidenti.

Alibaba — elektron tijorat va raqamli to‘lovlar borasida dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. Uning guruhidan bir necha sho‘ba kompaniyalari va internet-maydonchalari — Alibaba Pictures, Alibaba.com, AliExpress.com, Taobao.com, Tmall.com o‘rin olgan. Kompaniyaga Jek Ma tomonidan 1999-yilda asos solingan bo‘lib, Forbes hisob-kitobi bo‘yicha uning boyligi 48,4 milliard dollarga baholangan.

Mavzuga doir: Tramp AQSh fuqarolariga TikTok va WeChat kompaniyalari bilan aloqa qilishni taqiqladi

Avvalroq Tramp ByteDance kompaniyasiga uch oy ichida AQShdagi barcha aktivlarini sotib yuborish va foydalanuvchilarning yig‘ilgan barcha shaxsiy ma’lumotlarini o‘chirib tashlash majburiyatini yuklovchi qarorni imzolagan. Shuningdek, hujjat bilan ByteDance’ga Musical.ly musiqiy servisini xarid qilish, bundan tashqari, kompaniyaning sho‘ba korxonalari orqali ushbu servisning har qanday aktivlariga ega chiqish taqiqlangan.

AQSh hukumati TikTok servisi amerikaliklarning shaxsiy ma’lumotlarini Xitoy hukumatiga topshirishi mumkin, deb hisoblaydi. Iyul oyining boshida AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo videoilova AQShda bloklanishi mumkinligini ma’lum qilgan. Keyinroq Tramp TikTok 15-sentabrga qadar Microsoft yoki Amerikaning boshqa kompaniyasiga sotilishini talab qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют