» » “Barselona” prezidenti: “Kike Setyen iste’foga chiqarildi”

“Barselona” prezidenti: “Kike Setyen iste’foga chiqarildi”


“Barselona” prezidenti Xosep Bartomeu jamoa bosh murabbiyi Kike Setyen iste’foga chiqarilganini ma’lum qildi.

“Setyen iste’foga chiqarildi”, — deya Bartomeu so‘zlarini keltirmoqda Tiempo de Juego.

61 yoshli mutaxassis “Barselona”da yanvar oyida Ernesto Valverdening o‘rinini egallagandi.

“Barselona” Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalida “Bavariya”ga 2:8 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Mazkur mag‘lubiyat tufayli Setyen va uning ortidan jamoa direktori Erik Abidal ham ketishi xabar qilingandi.

Diario Sport’ning xabar qilishicha, klub Maurisio Pochettinoga shartnoma taklif qilgan. Bundan tashqari Massimiliano Allegri va Tyerri Anri kabi mutaxassislar bilan muzokaralar olib borilyotgani aytilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют