» » Sindzo Abe Yaponiya Ikkinchi Jahon urushi dahshatlari yana bir bor qaytarilishiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi

Sindzo Abe Yaponiya Ikkinchi Jahon urushi dahshatlari yana bir bor qaytarilishiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi


Yaponiya boshqa hech qachon urushlarda qatnashmaydi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Sindzo Abe kapitulyatsiya (taslim bo‘lish)ning 75 yilligi munosabati bilan Tokioda bo‘lib o‘tgan marosimda ma’lum qildi.

“O‘tgan urush mamlakatimizdagi 3 million kishi umriga zomin bo‘ldi. Bugun, oradan 75 yil o‘tib tinchlik va farovonligimiz urush paytida halok bo‘lganlarning qurbonliklari asosiga qurilganini unutmaymiz. Butun 75 yil davomida mamlakatimiz tinchlik yo‘lidan bormoqda. Urush dahshatlari boshqa qaytarilmasligi uchun bergan va’damizda turishda davom etamiz”, — degan u.

Hukumat rahbari Ikkinchi Jahon urushida halok bo‘lgan barcha yaponiyaliklar xotirasiga hurmat bajo keltirib, mamlakat jahon hamjamiyati bilan turli muammolarni hal etishga qaratilgan hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini ta’kidladi.

Shundan so‘ng marosimlar o‘tkaziladigan Nippon Budokan zalida bir daqiqalik sukut e’lon qilingan. Keyin esa Yaponiya imperatori Naruxito xalqqa murojaat bilan chiqqan. U yapon xalqi qo‘lni qo‘lga berib koronavirus pandemiyasini va u bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklarni yengib o‘tishiga ishonch bildirdi. Shuningdek, “Men chuqur pushaymonlik hissi bilan urushda ishtirok etish boshqa hech qachon takrorlanmasligini chin dildan xohlayman”, — deb aytgan.

Yaponiya 15-avgust kuni mamlakat imperatori Xiroxito Yaponiyaning Ikkinchi Jahon urushidan chiqishi, ya’ni mamlakat mag‘lub bo‘lganini tan olganini e’lon qilganiga 75 yil to‘lganini nishonlamoqda. Bu yilgi marosim koronavirus pandemiyasi tufayli qisqartirilgan shaklda o‘tkazilmoqda. Zalda 540 kishi tashrif buyurgan bo‘lib, bu avvallari o‘tkazilgan marosimda ishtirok etuvchilar sonining taxminan o‘ndan biridir.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-08-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют